Kichikroq tirqish va yangicha asosiy kameraga ega Apple iPhone 13 va 13 mini'lar taqdim qilindi

Kichikroq tirqish va yangicha asosiy kameraga ega Apple iPhone 13 va 13 mini'lar taqdim qilindi

Kecha Toshkent vaqti bilan 22:00 da tanish dizayn, biroq bir qator muhim yangilanishlarga ega yangi iPhone 13 smartfonlari taqdim qilindi.

O‘QING: Snapdragon 888+ chipiga ega vivo X70 Pro+ smartfoni taqdim etildi

iPhone 13 va 13 mini modellarining umumiy shakli unchalik o‘zgarmagan — yassi chetlar va aylanasimon burchaklar yana bir bor IP68 reytingiga ega metal korpusga olingan. Bu gal iPhone'larning o‘sha mashhur ekran hoshiyasi 20% ga kichiklashtirilgan.

Super Retina XDR panellar diagonali o‘zgarishsiz qolgan — iPhone 13 mini'da 5,4 dyuym, iPhone 13'da esa 6,1 dyuym. Panellar, shuningdek, 28% ga yorqinlashib, tashqi muhitdagi yorqinlik 800 nitga, HDR yoqrinligi esa 1,200 nitga yetdi.

HDR'ga to‘xtalsak, yangi panellar Dolby Vision, HDR10 va HLG standartlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Ekranlar, afsuski, 60Hz chastotali bo‘lib qoldi.

iPhone 13 va iPhone 13 mini'lar butunlay yangicha Apple A15 Bionic chipida ishlaydi. Apple'ning aytishicha, A15 istalgan joriy smartfondagi SoC'lardan tez ishlaydi. Garchand bu kuchli ta’kid bo‘lsa-da, Apple'ning tarixini inobatga olsak, to‘g‘ri bo‘lishi ehtimoli yuqori.

A15 ikkita yuqori samarador va to‘rtta qo‘shimcha yuqori unumdorlikka ega CPU yadrosi ega bo‘lib, 5 nanometrli ishlab chiqarish nodi ustiga qurilgan. GPU maxsus dizaynga ega. E’tiborlisi shundaki, iPhone 13 va 13 mini'lardagi grafik protsessori to‘rt yadroli bo‘lsa, qolgan ikki premium modelda yadrolar soni beshta.

Yangi A15 platformasi 16 yadroli yangicha Neural Engine'ga ham ega. Bu internetga ulanmagan holda tovushni tanish va tasvirni anglash va shu kabi mashinali o‘rganishni talab qiluvchi vazifalarni bajaradi. Bundan tashqari, korpusga yangi ISP, ikki karra ko‘p kesh, yangicha video displey kontrolleri hamda video kodlovchi va dekoderlarga ega.

«Yangi» so‘zi haddan tashqari ko‘p foydalanilayotganga o‘xshashi mumkin, lekin shoshilmang — hali kamera haqida gapirmadik. iPhone 13 va iPhone 13 mini orqa panelda ikkita kameraga ega; asosiy kamera 1.7-mikron piksel va 26 mm f/1.6 diafragmali 12MP linzaga ega. Bu o‘tgan yilgi iPhone 12 Pro Max'niki bilan bir xil kamera bo‘lib, harakatlanuvchi sensorli stabilizatsiyaga ham ega.

12MP ultrakeng f/2.4 kamera ham yangi sensorga ega, lekin iPhone 13 Pro modellaridagi kabi avtofokusga ega emas.

Old panelda esa 12MP TrueDepth selfi kamerasi o‘rnatilgan. Mazkur kamera ommalashib borayotgan Centre Stage funksiyasiga ega.

Va nihoyat, iPhone 13 va 13 mini modellari o‘tgan avlod iPhone'lardagidan kattaroq akkumulyator bilan jihozlangan. Apple bu borada aniq raqamlarni aytmagan bo‘lsa-da, yangi qurilmalar quvvati o‘tgan yilgi modellarnikidan 2,5 va 1,5 soatgacha uzoqqa yetishiga va’da berdi.

Katta akkumulyator sabab smartfonlar vazni ham oshgan. iPhone 13 174 gramm, mini esa 141 gramm tosh bosadi. Yangi qurilmalar iPhone 12'lardan ko‘ra 0,25 mm ga qalinroq hamdir. Boshqa o‘lchamlar o‘zgarishsiz qolgan.

iPhone 13 va 13 mini'larga juma kundan boshlab 30 dan ortiq davlatda, jumladan, Avstraliya, Kanada, Xitoy, Germaniya, Hindiston, Yaponiya, Buyuk Britaniya va AQShda oldindan buyurtma berish mumkin. Qurilmalar mijozlarga 24 sentyabrdan yetkazib beriladi.

iPhone 13 va 13 mini'larning ikkisi ham 128GB bazaviy, 256GB va 512GB xotiraga ega. Narxlar mos ravishda 799 va 699 dollardan boshlanadi.

Smartfonlar jami besh xil rangda mavjud: yulduz nuri (starlight), yarim tun (midnight), ko‘k, pushti va qizil.

O‘QING: Galaxy A52'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.