«Kichkina demang bizni...» – DxOMark eng ixcham 5G-smartfon kamerasiga hukm o‘qidi

  •   DiMaX
  •  1001
  •  28.01.2021 10:38

«Kichkina demang bizni...» – DxOMark eng ixcham 5G-smartfon kamerasiga hukm o‘qidi

Apple kompaniyasi 2020 yili iPhone 12 turkumida naq to‘rtta qurilma taqdim etgan. Ular orasidagi iPhone 12 mini modeli korpusining o‘lchamlariga ko‘ra dunyodagi eng kichkina 5G-smartfon bo‘lib turibdi.

O‘QING: iPhone 12’lar haqida o‘nta qiziqarli fakt

DxOMark laboratoriyasi ushbu smartfonning qo‘shaloq kamerasi imkoniyatlarini tekshirib ko‘rib, xulosalarini e’lon qildi. iPhone 12 mini bosh kamerasi umumiy hisobda 122 ballga baholangan.

Mutaxassislar hozirda sotilayotgan eng ixcham ayfonning rasmga tushirish imkoniyatlari uchun 132 ball qo‘yishgan. Video suratga olish borasida bu model 112 ball olgan bo‘lsa, uning zum imkoniyatlari atigi 41 ballik natija qayd etgan.

O‘QING: iPhone 12 mini sotib olish uchun to‘rtta sabab

Aytish kerakki, iPhone 12 mini kamerasining DxOMark’dagi bahosi standart talqindagi iPhone 12 modeliniki bilan bir xil. Ularning katta «og‘a»lari – iPhone 12 Pro va iPhone 12 Pro Max flagmanlari esa tegishlicha 128 hamda130 ballar bilan kamerofonlarning kuchli o‘ntaligiga kirgan:

Apple iPhone 12 mini kamerasini qay usullarda tekshirishgani, testlarning tafsilotlari bilan yaqindan tanishish istaganlan ushbu havola orqali DxOMark saytidagi tegishli sahifaga o‘tishlari mumkin.

Ushbu laboratoriya ekspertlari avvalroq 2020 yilning eng zo‘r to‘rtta kamerofoni reytingini e’lon qilishganidan xabaringiz bor-a?

O‘QING: 108 MP ham ommabop Xiaomi flagmaniga naf bermadi, lekin u baribir Galaxy Note 20 Ultra’lardan yuqorida!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!