Kichkina demang bizni..: Klaviatura ustida yugirayotgan bola

  •   Saroy
  •  1099
  •  29.10.2018 16:05

Kichkina demang bizni..: Klaviatura ustida yugirayotgan bola

Eng qizig‘i, ularning barchasi Osiyo mamlakatlaridan. Chunki bu mintaqalarda dasturchilik ijtimoiy narvon vazifasini bajaradi. Ular dasturchilik bilan hayotda katta muvaffaqiyatga erisha oladi, yirik IT-kompaniyalarga ishga kirishishi mumkin, hatto g‘arbga ko‘chib keta oladi.

Klaviatura uzra yugirayotgan bola

2015 yilda  6-yashar biritaniyalik, kelib chiqishi pokistonlik bo‘lgan Muhammad Xamza Shaxzoda  Microsoft Office Specialist sertifikatiga ega bo‘lgan dunyodagi eng yosh dasturchi nomini olishga muyassar bo‘ldi.  U ushbu dasturiy ta’minot bilan mukammal tarzda foydalana olishini isbotladi. U imtihonni kattalar bilan tengma-teng topshirdi.

Bola maktabdan bo‘sh vaqtini kompyuterga sarflardi, ayti sohasi mutaxassisi bo‘lgan otasi unga uztozlik qildi.

Muhammad bolaligidan boshqotirmalarni yaxshi ko‘rardi. Ilk noutbukini ota-onasi unga ikki yarim yoshga kirganda olib berishdi. «U hali ishtonsiz yurardi, lekin qo‘llari klaviatura ustida yugirardi», — deydi Muhammadning otasi o‘g‘li haqida. Hozirda 9 yoshli Muhammad Londondagi nufuzli maktabda ta’lim oladi va o‘zining o‘yinlarini yaratish bilan shug‘ullanadi, albatta, bu o‘yinlar juda oddiy o‘yinlar. Bolakaydan havas qiladigan insoning kim, deb so‘rashsa, hech ikkilanmay  Bill Geytsga havas qilishini ta’kidlaydi.

O‘QING: Dasturchilikdagi 3 kunda o‘zlashtirsa bo‘ladigan ko‘nikmalar

Onasining bolasi

Vosiq Farxan-Rupkota  Bangladeshdan. U 3 yoshidan kompyuter bilan tillasha boshlagan (Bu onasining gapi). Bola o‘zlashtirgan ilk dastur  Microsoft Word bo‘lgan. Keyinroq uning o‘zi o‘yinlar uchun dasturlar yaratadigan bo‘ldi. Hozir Vosiq 12 yoshga kirgan va u Singapurdagi AT kompaniyasining dasturchisi hisoblanadi.

Onasining erkatoyi dasturchilikning bir qancha tillarini, jumladan  C, C++, Java, PHP, Phyton’ni o‘zlashtirib olgan. Bularning barchasini u mustaqil ravishda internetdan materiallar topib o‘rgangan. Bola maktab jadvali bilan cheklanib qolmadi. Ota-onasi uni uyda ham o‘qitishga qaror qilishdi, shu bois bolakay  o‘zining sevimli mashg‘uloti bilan shug‘ullanish uchun har qanday imkoniyatdan foydalanishga harakat qilardi. Bundan tashqari, Vosiq 6 yoshidan boshlab «Vikipediyada» dasturlash va veb – dasturchiligi haqidagi materiallarni tahrir qilish bilan ham shug‘ullanadi. Qolaversa, u koinot texnologiyasi va arxeologiyaga ham qiziqishini ta’kidlagan.

O‘QING: Qarshi oling: Grasshopper – JavaScript’da dasturlashni o‘rgatuvchi bepul o‘yin!

Yosh ma’rifatchi

Tanmeyu Bakshi 14 yoshda. Mana uch yil bo‘ldiki, u IBM kompaniyasining xodimi hisoblanadi. Uni sun’iy intellekt va mashinali ta’lim bo‘yicha dunyodagi eng yosh ekspert deyishadi. Bolaning oilasi Hindistondan Kanadaga ko‘chib kelishgan. Bu vaqtda Bakshi endigina bir yoshga to‘lgandi. Tanmey dasturchi otasining ishlarini kuzata turib, kompyuterga mehr qo‘ydi. Otasi unga “raqamli grammatika” bo‘yicha ta’lim berdi. Dasturlash tillarini bolakayning o‘zi internet orqali o‘rganib olgan. 7 yoshida u YouTube’da  dasturlash va veb-dasturlar haqida darslar va foydali maslahatlar beradigan kanalini ochdi (hozirda uning 270 mingdan ziyod obunachisi bor). 8 yoshida Bakshi mobil ilovalar yaratish bilan shug‘ullana boshladi, bir yil o‘tib uning ko‘paytirishni o‘rgatadigan ilovasi App Store’da qabul qilindi.

IBM kompaniyasiga u tasodifan kelib qolgan. Gap shundaki, yosh daho kompaniya mahsulotlarining biridagi xatoni topdi va  o‘zining Twitter’dagi sahifasida bu haqda bayon qildi. Kompaniyadagilar bolakayning ishini darhol payqashdi. Tanmey Bakshi ayni paytda kompaniyaning nogironlar uchun sun’iy intellekt bazasida mobil ilovalarni yaratish bo‘limida ishlayapti, shuningdek u ma’ruzalar o‘qiydi, dunyoning turli burchagida o‘tkaziladigan xalqaro konferensiyalarda ishtirok etadi. Qolaversa, hindistonlik iqtidor egasi yuqori texnologiyalar dunyosida muvaffaqiyatga qanday erishish mumkinligi haqida kitob ham chiqardi.  

O‘QING: Frontend texnologiyalari: dasturlash olamiga ilk qadamlar!

Kodlash a’lochisi

 «Men — Izabel Si, 14 yoshdaman, men kodlashtirishni yoqtiraman». Filippinda yashovchi dasturlovchi qiz o‘zini shunday tanitdi. Maktab o‘qituvchilari Izobelning matematekadan erishgan muvaffaqiyatini, u 10 yoshga kirganida payqashdi va dasturchilikka o‘qishni taklif etdilar. Si kod yaratish bo‘yicha ilk darslarini bepul onlayn-kurslarda oldi. Keyin uning qiziqishlarini onasi qo‘llab-quvvatladi va qizi chuqurroq ta’lim olishi uchun repetitor yolladi.

Xususiy ta’lim o‘z natijasini ko‘rsatdi va Izabel HTML va JavaScript’ni o‘zlashtirdi. Ammo yosh kodlovchi uchun jamoada ishlash qiziqarli edi va Si  o‘zining 12 yoshida  maktabida qizlar uchun kodlash bo‘yicha klub tashkil etdi. Avval boshda ushbu klubga bir o‘quvchi qiz yozildi, biroq bir oz vaqt o‘tib, klub kengaydi va Izabelni master-klas darslarini o‘tkazish uchun boshqa maktablarga ham taklif etadigan bo‘lishdi. Qiz 13 yoshida Girls will code  loyihasini ishga tushirdi (bu loyiha dasturchi bo‘lishni orzu qilgan qizlarni o‘qitadigan internet-platforma hamda  ijtimoiy tarmoq sanaladi) va uni Google kompaniyasi qo‘llab quvvatlamoqda.

O‘QING: Terabayt.uz tavsiya etadi: dasturlashni o‘rganing va porloq kelajak sari qadam tashlang!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!