Kiyim va poyabzal bosib chiqaruvchi 3 D printeri

Kiyim va poyabzal bosib chiqaruvchi 3 D printeri

Isroillik dizayner Danit Peleg 3D printerda kiyimlarni va poyabzal bosib chiqarish texnologiyasini rivojlantirishga bel bog‘ladi. Kuni kecha u shunday uskuna yordamida yaratilgan ilk liboslar kolleksiyasini namoyish qildi. Dizaynerning so‘zlariga ko‘ra, printer barcha ranglar hamda shakllardan foydalanish imkonini beradi.

“Men istalgan ko‘rinishdagi kiyimni bosib chiqara olaman. Printer tikishdan xalos qiladi. Mato esa “Fila fleks” nomli juda mustahkam xom-ashyodan tayyorlanadi”, -deydi Danit Peleg. Masalan bunday printerda biron-bir kostyumni bosib chiqarish uchun 2 hafta kerak bo‘ladi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, yangi matoni moda olamiga oid olamshumul ixtirolar sirasiga kiritish mumkin. Chunki ushbu mato bir qarashda qattiq ko‘rinsada, juda egiluvchan va qulay. Xatto uni kir yuvish mashinasiga ham bemalol solish mumkin. Hozir bunday printerning narhi 2 ming dollar. Yillar o‘tishi bilan uning bahosi arzonlashib boradi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!