Kim javob beradi: O‘zbekistonda YouTube ishlamasligining sababi nima?

Kim javob beradi: O‘zbekistonda YouTube ishlamasligining sababi nima?

Internet foydalanuvchilarining yaxshi xabari bor ancha vaqtdan buyon O‘zbekistonda YouTube maromida ishlagani yo‘q. To‘g‘risi, VPN’siz kirib bo‘lmyapti! Xo‘sh, bunda kim yoki nima aybdor?
O‘zbekistonda YouTube videoxostingi yaxshi ishlamayotgani borasida rasmiy izoh berilmayotgani, tabiiyki, internet foydalanuvchilarining noroziligiga sabab bo‘lmoqda.

O‘zA O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga telefon orqali bu haqda so‘rab, murojaat qilganida aniq ma’lumot, izoh ololmaganini ta’kidlamoqda.

Yozilishicha, «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasining murojaatlar bo‘limi xodimi Bobur Abdullayev YouTube ishlamasligiga kompaniya aybdor emasligi, tarmoqda muammo yo‘qligini aytgan.

Shuningdek, B.Abdullayev kompaniya videoxosting ishiga ta’sir ko‘rsatish uchun rasmiy huquqqa ega emasligini, foydalanuvchilar eng ko‘p internet trafigini YouTube’dan foydalanish uchun sarflashini, shu bois uning yaxshi ishlashi «O‘zbektelekom»ga ham foyda keltirishini aytgan.

O‘QING: Interfaks: O‘zbekistonliklar o‘zlarining kosmik dasturini ishlab chiqqanliklarini ma’lum qildi