Kim «o‘g‘ri», kim to‘g‘ri?

Kim «o‘g‘ri», kim to‘g‘ri?

Shaxsiy ma’lumotlar insonlar ega bo‘lgan eng qimmatbaho mulk hisoblanadi. Agar ko‘p ma’lumotlaringizni ijtimoiy tarmoqqa chiqarib yuborsangiz, ayrim shaxslar undan foydalanishi yoki o‘g‘irlashi mumkin. Ko‘pchiligimiz bunday tuzoqlar haqida eshitganmiz.

Ammo, ma’lumotlaringiz sizga bilintirmay, ochiqlanishi yoki to‘planishi mumkin. Aksariyat odamlar Facebook kabi ijtimoiy tarmoqlarning foydalanish shartlarini to‘liq o‘qib chiqmaydilar. Vaholanki, ko‘plab ilovalar ma’lumotlaringizni uchinchi tomonga ulashadi va bu haqida foydalanish shartlarida aytib o‘tadi. Qaysi ilova eng ko‘p ma’lumotlaringizdan foydalanishini bilasizmi? Quyida bunday ilovalar haqida so‘z yuritamiz.

O‘QING: Siz ham ushbu 28 ta kengaytmani yuklab olgan bo‘lsangiz, darhol ularni o‘chirib tashlang!

Apple o‘zining Apple Store'idagi barcha ilovalardan ma’lumot almashish uchun foydalanuvchidan ruxsat olishni talab qiladi. Agar biror dastur bunday qoidaga bo‘ysunmasa, App Store'dan o‘chirib yuboriladi.

Apple'ning yangilangan maxfiylik siyosatini inobatga olgan holda, pCloud turli xil ilovalar ma’lumotlaringizdan qanday foydalanishi va ma’lumotlar qayerga ketishini aniqlaydi.

Xo‘sh, qaysi ilovalar ko‘proq kirish huquqini talab qiladi va to‘plangan ma’lumotlar nima maqsadda foydalaniladi? Ajablanarlisi shundaki, sinovdan o‘tgan dasturlarning 52 foizi maqsadli reklama uchun uchinchi tomon bilan ma’lumotlaringizni almashadi.

Eng ko‘p ma’lumotlarni Facebook, Instagram, YouTube kabi ijtimoiy tarmoq ilovalari to‘plashi hayratlanarli holat emas.

Ma’lumotlarni yeng ko‘p ulashuvchi 10 ilova ro‘yxati bilan tanishamiz:

  • Instagram (79% shaxsiy ma’lumotlarni to‘playdi);
  • Facebook (57% shaxsiy ma’lumotlarni to‘playdi);
  • LinkedIn (50% shaxsiy ma’lumotlarni to‘playdi);
  • Uber Eats (50% shaxsiy ma’lumotlarni to‘playdi);
  • Trainline (43% shaxsiy ma’lumotlarni to‘playdi);
  • YouTube (43% shaxsiy ma’lumotlarni to‘playdi);
  • YouTube Music (43% shaxsiy ma’lumotlarni to‘playdi);
  • Deliveroo (36% shaxsiy ma’lumotlarni to‘playdi);
  • Duolingo (36% shaxsiy ma’lumotlarni to‘playdi);
  • eBay (36% shaxsiy ma’lumotlarni to‘playdi).

YouTube ham ma’lumotlarni uchinchi tomon bilan ulashishda ancha faol. Boshqa kompaniyalar bilan foydalanuvchilarning  ma’lumotlarini ulashuvchi Instagram bu borada 79% bilan yetakchi. Ulashilagan axborotlarga xarid ma’lumotlari, shaxsiy ma’lumotlar va brauzer tarixi kiradi.

Ilovalar foydalanuvchi maanfaatiga zid ravishda shaxsiy ma’lumotlarni ulashmaydi. Ko‘p hollarda shaxsiy ma’lumotlar ilovaga bog‘liq bo‘lgan uchinchi tomonga beriladi.

O‘z foydasi uchun ma’lumotlarni to‘playdigan dasturlar

Eng yirik ijtimoiy tarmoq ilovalari ma’lumotlarni o‘z foydasi uchun to‘playdi. Bu bir necha sabablarga ko‘ra amalga oshiriladi. Eng asosiy sabab esa foydalanuvchiga reklama ko‘rsatib foyda ishlashdir.

O‘QING: Ushbu ilova sizda ham bo‘lsa, uni hoziroq o‘chirib tashlang!

Boshqa hollarda to‘plangan ma’lumotlar o‘zingizning manfaatingiz uchun xizmat qilishi mumkin. Tug‘ilgan kuningizda chegirma kuponini olishni o‘ylab ko‘ring. Ilova sizga kod yuborish uchun ushbu ma’lumotni saqlagan bo‘lishi ham mumkin.

O‘z foydasi uchun ma’lumotlarni to‘plovchi 10 ta ilova:

  • Facebook
  • Instagram
  • Klarna
  • Grubhub
  • Uber
  • Uber Eats
  • eBay
  • Just Eat
  • LinkedIn
  • Twitter

Shaxsiy ma’lumotlarni eng ko‘p kuzatuvchi 10 ta ilova

Ushbu 10 ta ilovaning to‘rtasi ijtimoiy tarmoq ilovalari hisoblanadi.

  • Instagram (62% shaxsiy ma’lumotlarni kuzatadi)
  • Facebook  (55% shaxsiy ma’lumotlarni kuzatadi);
  • Uber Eats (50% shaxsiy ma’lumotlarni kuzatadi);
  • Trainline  (43% shaxsiy ma’lumotlarni kuzatadi);
  • eBay (40% shaxsiy ma’lumotlarni kuzatadi);
  • LinkedIn (40% shaxsiy ma’lumotlarni kuzatadi);
  • Twitter (40% shaxsiy ma’lumotlarni kuzatadi);
  • YouTube  (36% shaxsiy ma’lumotlarni kuzatadi);
  • YouTube Music  (36% shaxsiy ma’lumotlarni kuzatadi);
  • YouTube Music  (36% shaxsiy ma’lumotlarni kuzatadi).

Eng xavfsiz ilovalar

Ba’zi ilovalar foydalanuvchi shaxsiy ma’lumotlaridan umuman foydalanmaydi. Clubhouse, Netflix, Microsoft Teams dasturlari eng xavfsiz ilovalar sirasiga kiradi.

Ma’lumotlarni ulashmaydigan 10 ta ilova

  • Signal
  • Clubhouse
  • Netflix
  • Microsoft Teams
  • Google Classroom
  • Shazam
  • Etsy
  • Skype
  • Telegram
  • Boohoo

Signal, Telegram va Clubhouse kabi dasturlar foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilishni faol ravishda qo‘llab-quvvatlamoqda. Yil boshida WhatsApp o‘z foydalanish shartlarini o‘zgartirgani sabab, aksariyat WhatsApp foydalanuvchilari Telegram va Signal messenjerlaridan foydalanishni boshladilar.

O‘QING: 2020 yilning eng yomon parollari ikkita ro‘yxatda

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!