Kim qo‘ng‘iroq qilayotganini iPhone’ni qo‘lingizga olmay turib aniqlash yo‘li bor!

  •   DiMaX
  •  2897
  •  12.10.2019 13:35

Kim qo‘ng‘iroq qilayotganini iPhone’ni qo‘lingizga olmay turib aniqlash yo‘li bor!

Ba’zan shunday vaziyatlarga duch kelasiz: qo‘ng‘iroq bo‘lyapti, ammo ayni shu paytda smartfonni qo‘lingizga olish imkoningiz yo‘q. Masalan, biror ish bilan o‘ta bandsiz, ruldasiz, qo‘lingiz yog‘ yuqi yoki nam... Shu paytda bo‘layotgan qo‘ng‘iroq esa qanchalik muhim yoki arzimas ekanini bilmaysiz...

O‘QING: iPhone’da batareya quvvatini va internet-trafikni tejashning eng oson yo‘li paydo bo‘ldi!

iPhone egalari shu kabi hollarda kim qo‘ng‘iroq qilayotganini smartfonni qo‘lga olmay turib ham bilib olishlari mumkin. Buning qulayligi shundaki, agarda bu siz kutayotgan qo‘ng‘iroq bo‘lsa – olasiz, aks holda – qilayotgan ishingizdan chalg‘imay qo‘yaverasiz.

Demak, buning uchun iPhone’ingizni kiruvchi qo‘ng‘iroq egasini aytadigan qilib sozlaysiz. Ya’ni, sozlamalarini ochib, «Telefon» bo‘limiga kirasiz. Shu yerdagi «Ob’yavleniye vizovov» bandini ochib, «Vsegda»ni belgilab qo‘yasiz.

Bo‘ldi, endi ayfoningiz kontaktidagilardan kimdir qo‘ng‘iroq qilsa, uning nomini ovoz chiqarib aytadi. Uyog‘iga esa, ayni damda gaplashish muhim yoki yo‘qligiga qarab ish tutaverasiz.

O‘QING: «Kelinni kelganda ko‘r...»: iPhone 11’lar bo‘yicha ommaviy shikoyatlar boshlandi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.