Kim yaxshi “suratkash”: Galaxy S8 yoki Galaxy S7 edge?

Kim yaxshi “suratkash”: Galaxy S8 yoki Galaxy S7 edge?

Samsung Galaxy S7 edge — 2016 yilning ilg‘or smartfon modeli. Biz uning kamera imkoniyatlarini koreyalik smartfonsozning yangi, yaqindagina taqdim qilingan Samsung Galaxy S8 flagmani bilan taqqoslab ko‘rishga qaror qildik.

Samsung Galaxy S7 edge devaysiga 12 megapikselli Sony IMX260 sensori o‘rnatilgan. Bu sensor Dual Pixel texnologiyasi joriy qilingan tezkor fazali fokuslash tizimiga ega. Dual Pixel shu vaqtga qadar professional DSLR-fotoapparatlarida joriy qilinar edi.

Bunda sensor yuzasiga yorug‘lik oqimini ushlab qolib fazali fokuslashni amalga oshiruvchi 2 ta mustaqil fotopriyomnik o‘rnatilgan. Natijada, bu qurilmalarning har biri alohida, ya’ni 2 ta yuqori sifatli piksel qatlamini hosil qiladi. Dual Pixel texnologiyasi esa bu ikkala piksellarni tezkorlik bilan omixtalashtirib, yagona sifatli suratni hosil qiladi. Kameradagi piksel miqdori — 1,4 mikron. Uning yorug‘likni qamrab oluvchi ob’yektivi sezilarli ravishda kattalashib, f/1.7 standartiga ega.

Galaxy S8 smartfonining ham bosh kamerasi 12 megapikselli, aniqrog‘i avvalgi yilgi sensor o‘zgarishsiz qolgan. U f/1,7 standartidagi optik apertura bilan ta’minlangan. Bu flagman ham Dual Pixel fokuslash texnologiyasiga ega.

DxOMark — fotosuratlar sifatini baholaydigan xizmat reytingida koreyalik ishlab chiqaruvchining yangi — Galaxy S8 va S8+ flagmanlari imkoniyatini 88 ballga baholagan, ya’ni S7 va S7 edge bilan bir xil. Samsung bu gal kameraga texnik emas, dasturiy o‘zgartirishlar kiritgan, ya’ni tasvirni shakllantirish algoritmi takomillashtirilgan.

Shu sababli, Galaxy S8 nisbatan yaxshiroq avtofokus tizimi, oq tus me’yorini belgilash, «vizual shovqin»ni kamaytirishda ilg‘orroq. Galaxy S8 video tasvir olishda, xususan tasvirda dinamik diapazonning kengligini berishda ham «ajdodi»dan yaxshiroq.

Quyidagi kunduz kungi suratlarga qarab, ulardagi sifatdan farqni topish ham qiyin.

Похожее изображение

Yorug‘lik past sharoitda esa, S8 rang uyg‘unligini va detallarni nisbatan yaxshiroq, ya’ni “shovqin”siz muhrlaganiga guvoh bo‘lamiz.

Galaxy S7 edge

Galaxy S8

Yangi avlod flagmani kamera borasida faqatgina old kamerasi bilan maqtana oladi. Galaxy S8’ning 8 megapikselli kamerasi S7 edge’ning eski — 5 megapikselli kamera sensoridan ancha-muncha ustun jihatlarga ega. S8’ning selfi-kamerasi nisbatan “jonli” va tabiiy suratlari, keng burchak ostida suratga olishi bilan o‘ziga xos.

Galaxy S7 edge

Galaxy S8

Panorama rejimida “ijod” qilishda esa S8 bir oz orqada. U osmonga tus berishda bir oz xato qilgan. S7edge esa rang-tusni to‘g‘ri bergan.

Galaxy S7

Galaxy S8