Kingston Fury Renegade SSD kartasiga to‘liq tavsif

Kingston Fury Renegade SSD kartasiga to‘liq tavsif

Hammaga ma’lumki, Kingston tezkor SSD kartalarni ishlab chiqardi. Hozirda kompaniya arzon narxdagi tezkor Fury Renegade SSD kartalarga e’tibor ham qaratmoqda. 

Kingston Fury Renegade PSIe 4.0 NVMe M.2 SSD geymerlar va shaxsiy kompyuter yaratish hamda yangilashda eng yuqori samaradorlikni qidirayotgan ishqibozlar uchun ajoyib unumdorlik va yuqori sig‘imli xotirani taqdim etadi. Eng yangi Gen 4x4 NVMe kontrolleri va 3D TLC NAND texnologiyasidan foydalangan holda Kingston Fury Renegade SSD barqarorlik va o‘yin tajribasi uchun 7300/7000 MB/s va 1.000.000 IOPS gacha bo‘lgan o‘qish/yozish tezligini taqdim etadi.  

Yupqa M.2 forma faktoridagi SSD past profildagi grafenli alyuminiy sovutish paneli bilan birlashgan bo‘lib, bu bilan o‘yin qurilmalari, noutbuklar va platalarda og‘ir vazifalarni bajarish hech qanday qiyinchilik tug‘dirmaydi. Ushbu SSD kartaning 500GB dan 4TB gacha xotira sig‘imiga ega bo‘lgan turlari mavjud. 

Afzalliklar 

> PCIe Gen 4x4 NVMe texnologiyasining yuqori unumdorligi 

> Past profildagi grafenli alyuminiy sovutish paneli 

> Yupqa M.2 2280 forma faktori 

> 4 TB gacha bo‘lgan katta sig‘imli xotira 

> PS5'ni qo‘llab-quvvatlash

• PCIe 4.0 NVMe bilan unumdorlikni oshiring 

Gen 4x4 texnologiyasi bilan 7400/7000 MB/sekund o‘qish/yozish tezligi va 1 000 000 IOPS o‘tkazish tezligi bilan bir qadam oldinda bo‘ling. 

• Platadagi barcha imkoniyatlarini ishga tushiring 

Yupqa M.2 forma faktoridagi kuchli unumdorlik o‘yin qurilmalari va noutbuklarni tezlashtirishga yordam beradi. 

• O‘yinlar uchun ko‘proq joy

Sevimli o‘yin va media fayllarni katta hajmli xotirada bemalol saqlang. 

• Past profildagi grafenli alyuminiy sovutish tizimi 

Issiqlik tarqalishining yaxshilanganligi tufayli drayver og‘ir vazifalarni bajarish paytida qizib ketmaydi. Sovutish tizimi barqaror ishlashni ta’minlaydi va noutbuklar hamda plataning eng tor joylariga mos keladi. 

• PS5'ni qo‘llab-quvvatlash 

Yuqori darajadagi o‘yinlar uchun ajoyib xotira kartasi 

Texnik xususiyatlari: 

> Forma faktor: M.2 2280. 

> Interfeys: PCIe 4.0 NVMe. 

> Xotira: 500GB, 1TB, 2TB, 4TB. 

> Kotroller: Phison E18. 

> NAND xotira: 3D TLC. 

> Ketma-ket o‘qish/yozish tezligi: 500GB - 7300/3900 MB/s; 1TB — 7300/6000 MB/s; 2TB — 7300/7000 MB/s; 4TB — 7300/7000 MB/s. 

> Tasodifiy o‘qish/yozish tezligi: 500 GB - 450 000/900 000 IOPS gacha; 1 TB - 900 000/1 000 000 IOPS gacha; 2 TB - 1 000 000/1 000 000 IOPS gacha; 4 TB - 1 000 000/1 000 000 IOPS gacha. 

> Yozilgan jami baytlar (TBW): 500GB — 500 TBW; 1TB — 1,0 TBW; 2TB — 2,0 TBW; 4TB — 4,0 TBW. 

> Saqlash harorati: -40 dan 85 °C gacha. 

> Ishlash harorati: 0 dan 70 °C gacha. 

> Hajm: 80 x 22 x 2,21 mm (500GB - 1TB)

80 x 22 x 3,5 mm (2TB - 4TB). 

> Og‘irlik: 500GB/1TB - 7 gramm; 2TB/4TB - 9,7 gramm. 

> Kafolat va texnik yordam: Besh yillik kafolat va bepul texnik yordam.

Batafsil ma’lumot: https://kingstonfury.uz/

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.