Kingston Ironkey D300 – fayllar uchun mustahkam seyf

Kingston Ironkey D300 – fayllar uchun mustahkam seyf

Kingston kompaniyasi IronKey D300 va IronKey D300 Managed nomli ma’lumotlarni saqlash bo‘yicha yuqori xavfsizlik tizimiga ega USB-fleshkalarni taqdim etdi.

Ironkey D300 to‘plagichining korpusi ruxli yuza bilan qoplangan bo‘lib, tashqi ta’sirlarga oldingi avloddagi fleshkalarga qaraganda bir muncha chidamli. Fleshka 3 darajali FIPS 140-2 standarti bo‘yicha sertifikatlangan, undagi axborotlar XTS rejimida 256 razryadli AES orqali shifrlanadi.

USB-to‘plagichning IronKey D300 Managed versiyasi ixtisoslashgan foydalanish maqsadlariga mo‘ljallangan, uni ishlatish uchun IronKey EMS by DataLocker dasturiy ta’minoti talab etiladi. Dastur to‘plagichga qurilma administratori tarafidan o‘rnatiladi va nazorat qilinadi.

Ironkey D300 kompyuterga USB 3.0 standarti yordamida ulanadi. Sig‘imi 4 GBdan 128 GBgacha. Qurilmaning gabaritlari – 77,9 × 22,2 × 12,05 mm. Hozircha gadjetning narxi ma’lum qilinmagan.