Kirin 990'li Huawei smartfoni Geekbench'da

Kirin 990'li Huawei smartfoni Geekbench'da

Kirin 990 protsessori o‘rnatilgan qandaydir sirli Huawei smartfoni Geekbench'da sinovdan o‘tdi. Katta ehtimol bilan bu qurilma Mate 30 yoki Mate 30 Pro bo‘lishi kerak, sababi ularning taqdimoti yaqin. Vaholanki, natijalar qatorida seriya raqami ko‘rsatilmagan, bundan chiqdi, bu butunlay boshqa bir smartfon bo‘lishi ham mumkin.
Natijalar varaqasidan devays 8GB tezkor xotiraga egaligi va Android 10'da ishlashini bilib olishimiz mumkin. Yoki bu Mate 30'ning biz bexabar bo‘lgan uchinchi bir versiyasimikan? Balkim bu kompaniya prezidentining o‘zi Kirin 990'da ishlashi va 5G'ni qo‘llab-quvvatlashini aytgan Honor V30'dir.
Geekbench'dagi bu qurilma qaysi smartfon ekanligini aniq bilishimiz uchun yana ko‘proq ma’lumot kerak bo‘ladi.

O‘QING: Geekbench’da yangi rekord: Kirin 980 va Snapdragon 855+ chipli barcha flagmanlar «damini olaversin»!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!