Klaviaturaga qaramay matn terishni o‘rganamiz (1-qism)

Klaviaturaga qaramay matn terishni o‘rganamiz (1-qism)

Klaviaturaga qaramasdan matn tera olish qobiliyati kompyuterda ishlash samaradorligingizni keyingi bosqichga olib chiqadi. Kompyuter bilan uncha ko‘p ishlamagan bo‘lsangiz, klaviaturaga qaramasdan yozishni o‘rganish avvaliga biroz murakkab bo‘lishi mumkin, ammo yetarlicha shug‘ullanish bilan bu qobiliyatni ham o‘rganib olish mumkin. Avvalo, eng oddiy jihatlarga e’tibor qarating, keyin esa astalik bilan tez yozishni boshlaysiz.

Quyida klaviaturaga qaramay lotin yozuvida matn terish haqida suhbatlashamiz. Ushbu maqolamiz hajman anchayin katta bo‘lgani uni uch qismga bo‘lib taqdim etamiz. Hozirgi birinchi qismni shartli ravishda klaviatura bilan yaqindan tanishish, deb nomlashimiz mumkin.

O‘QING: Bir yarim asr oldin tarixdagi ilk QWERTY-klaviatura qayerda qo‘llangan?

1. Qaddingizni rostlab o‘tiring. Tirsagingiz 90 daraja burchak ostida bukilgan bo‘lsin. Klavituraga qaramasdan matn terishni o‘rganishda mushaklar xotirasi kerak bo‘ladi, ammo qaddingizni to‘g‘ri tutishning ahamiyatini ham unutmaslik kerak. Belingizni suyab o‘tirsangiz bo‘ladigan qulay stul toping. Tirsaklaringizni kerakli burchak ostida buking, barmoqlaringizni klaviatura ustiga qayrilgan holda joylashtiring. Boshingiz kompyuter monitoridan bir qo‘l uzunligida bo‘lsin. Tirsak va barmoqlar joylashuviga ham e’tibor qaratishni yodda saqlang.

• Agar qaddingizni to‘g‘ri tutmasangiz, matn terishda qiynalasiz.

• Qo‘l uchun yostiqchadan foydalanish ham ish berishi mumkin.

2. Barmoqlaringizni «uy qator» klavishlari, ya’ni ASDF hamda JKL ustiga joylashtiring. «Uy qator» klavishlari klaviaturaga qaramay matn terayotganda katta ahamiyat kasb etadi. Ushbu klavishlar joylashuvidan foydalanib, barmoqlaringizni klaviatura bo‘ylab to‘g‘ri harakatlantira olasiz.

• Klavituraga qaramasdan matn terayotganda «uy qator»ni «F» va «J» klavishlaridagi kichik bo‘rtma orqali, barmog‘ingizni paypaslash bilan aniqlashingiz mumkin.

• Chap qo‘lingiz chimchalog‘ini «A» harfi ustiga, nomsiz barmoqni «S» harfi ustiga, o‘rta barmoqni «D» harfiga va ko‘rsatkich barmog‘ingizni «F» harfi ustiga qo‘ying.

• O‘ng qo‘lingiz chimchaloq barmog‘ini esa nuqtali vergul ustiga, nomsiz barmog‘ingizni «L» harfi ustiga, o‘rta barmog‘ingizni «K» harfiga, ko‘rstakich barmog‘ingizni esa «J» harfi ustiga qo‘ying.

3. Chap qo‘lingiz bilan bosishingiz kerak bo‘lgan harflarni bilib oling. Chap qo‘lingiz ko‘rsatkich barmog‘i bilan «V», «B,» «R», «T», «5» va «6» klavishlarini bosasiz. Chap o‘rta barmog‘ingiz esa «E» «S» va «4» larga «mas’ul» bo‘lsin. Nomsiz barmog‘ingiz bilan esa «W», «X» va «3» tugmalarini bosasiz. Chimchalog‘ingiz esa «Q» «Z» «1» va «2» klavishlarini bosadi.

4. O‘ng barmog‘ingiz bilan bosishingiz kerak bo‘lgan klavishlarni bilib oling. O‘ng qo‘lingiz ko‘rsatkich barmog‘i bilan «H», «N» «M» «U», «Y» va «7» tugmalarini bosasiz. O‘rta barmog‘ingiz bilan vergul, «I» va «8» klavishlarini bosasiz. Nomsiz barmog‘ingiz «O», «9» va nuqta klavishlarini bossin. Chimchalog‘ingiz esa «0», «P» (\), tutuq belgisi, minus va tenglik belgilari va har ikki qavsga «javobgar» bo‘lsin.

• Avvaliga bularning barchasini eslab qolish, tabiiyki, qiyin tuyuladi. Ammo sabr bilan qayta-qayta shug‘ullansangiz, sekin-astalik bilan bu mahoratning hadisini olasiz.

O‘QING: Klaviaturalar haqida qiziqarli faktlar (1-qism)

5. QWERTY qatoridagi harf va raqamlarni bosish uchun barmoqlaringizni cho‘zing. Ketma-ketlikda «Q», «W», «E», «R», «T», «Y», «U», «I», «O» va «P» tugmalari hamda qavslarni bosib chiqing. Har bir tugmani bosib bo‘lgach, barmoqlaringizni yana «uy qator» klavishlariga qo‘ying.

• Barmoqlaringizni «uy qator»dan yuqorida joylashgan qatordagi klavishlarga tomon cho‘zib, yana ortga qaytarishni mashq qiling.

• Chap qo‘lingiz chimchaloq barmog‘i «Q» va «1» tugmalarini bosadi, chap nomsiz barmog‘ingiz esa «W» va «2» ga javobgar. Chap o‘rta barmog‘ingiz «E» va «3» ni bossin, chap ko‘rsatkich barmog‘ingizga esa «R», «T», «4» va «5» larni bosishni vazifa qilib yuklang.

• O‘ng ko‘rsatkich barmog‘ingiz «Y», «U», «6», «7» chap o‘rta barmog‘ingiz «I» va «8» ni, o‘ng nomsiz barmog‘ingiz «O» «9» hamda chimchalog‘ingiz «P», «O» ni bossin.

6. «Uy qator»dan quyidagi harflarni bosing. «Z», «X», «C», «V», «B», «N», «M», vergul, nuqta va drop tugmalarini bosing. Barmoqlaringizni quyi qatorga tushirib yana ortga qaytarishni mashq qiling.

• Chap chimchaloq barmog‘ingiz bilan «Z» ni, chap nomsiz barmog‘ingiz bilan «X» ni, chap o‘rta barmog‘ingiz bilan «C» ni va chap ko‘rsatkich barmog‘ingiz bilan «V», «B» tugmalarini bosing.

• O‘ng qo‘lingiz ko‘rsatkich barmog‘i bilan «N» va «M», o‘rta barmog‘ingiz bilan vergul, nomsiz barmog‘ingiz bilan nuqta va chimchaloq bilan drop tugmalarini bosing.

7. Har ikki bosh barmog‘ingiz bilan probelni bosing. Har ikki qo‘lingiz bosh barmog‘ini probel tugmasi ustiga qo‘yishni odat qiling.

8. Har qanday yordamchi tugmani chimchalog‘ingiz bilan bosing. Yon tomonda joylashgan o‘chirish, Tab va Shift tugmalari uchun chimchaloq barmog‘ingiz javobgar bo‘lsin.

O‘QING: Klaviaturalar haqida qiziqarli faktlar (2-qism)