Klaviaturaga qaramay matn terishni o‘rganamiz (2-qism)

Klaviaturaga qaramay matn terishni o‘rganamiz (2-qism)

Bir necha kun oldin klaviaturaga qaramay matn terish haqidagi maqolamizning birinchi qismini e’lon qilgan edik. Umid qilamizki, maqola sizga manzur bo‘lgan. Endi esa birinchi qismning davomini — barmoqlar joylashuvini mashq qilishga bag‘ishlangan ikkinchi qismni taqdim qilamiz. Boshladik!

1. Klaviaturaga qaramay «uy qator»dagi klavishlarni bosib chiqing. Uy qatordagi klavishlarni terayotganda ko‘zingizni ekranga qadalgan bo‘lsin. Mashqni «A» klavishidan boshlang. Keyin esa undan o‘ng tomondagi harflarga o‘ting va mashg‘ulotni nuqtali vergul bilan yakunlang. Harflarni terib chiqqaningizdan so‘ng, kalvishlar to‘g‘ri bosilganiga ishonch hosil qilish uchun ekrandagi yozuvni bir qator ko‘zdan kechiring.

• Masalan, «AAAA», «SSSS», «DDDD» va «FFFF» qilib bosib chiqing.

• Yoki «FADS», «JKL;», «AFDS» hamda «;LKJ» kabi kombinatsiyalarni tering.

2. «E», «R», «U» va «I» harflari ishtirokida sodda so‘zlarni yozib chiqing. Chap va o‘ng ko‘rsatkich barmoqlaringiz bilan «U» va «R» harflarini bosing. Ushbu harflarni ketma-ket bosishni mashq qiling, so‘ng ular ishtirokida turli kombinatsiyalarni amalga oshiring. Barmoqlaringiz bu ikki klavish joylashuvini «eslab qolgunicha» mashqni davom ettiring.

• Masalan, «erka», «erkak», «dada», «faks», «klass» kabi so‘zlarni klaviaturaga qaramay qayta-qayta terib chiqing.

3. «T», «G» va «H» harflarini terishni mashq qiling. «Uy qator» tarkibiga kiruvchi «G» va «H» harflarini terish uchun o‘ng va chap ko‘rsatkich barmoqlaringizni cho‘zing. «T» harfini bosish uchun esa chap ko‘rsatkich barmog‘ingizni tepaga tomon biroz cho‘zing. Bir necha marta ushbu harflarni bosib, barmoqlaringizni yana «uy qator»ga qaytaring.

• «fg», «ft» yoki «jhjkik», «huhi» kabi jumlalarni terib ko‘ring.

O‘QING: CES 2019: Dunyodagi ilk E-Ink displey tugmachali xameleon-klaviatura (+video)

4. «W», «S», «Y», «L» va «O» harflari qatnashgan so‘zlarni terishni mashq qiling. Endi o‘rta barmog‘ingiz bilan matn terishni mashq qilasiz. E’tiborni «W», «S», «O» hamda «L» harflariga qarating. O‘ng ko‘rsatkich barmog‘ingiz bilan esa «Y» harfini tering. Ushbu harflar ishtirokidagi so‘zlarni yoki kombinatsiyalarni terishni qayta-qayta mashq qiling.

• Masalan, «wow», «LOL», «low», «you» kabi inglizcha so‘zlarni yoki «ffds», «dfsdf», «jhyhj», «klol» hamda «jklkjyj» kabi kombinatsiyalarni bosing.

5. Barmoqlaringizni pastga tushirib, «N», «M», «V» va «B» harflarini tering. Har ikki qo‘lingizni pastga tushirib, ko‘rsatkich barmoqlaringiz bilan yuqoridagi harflarni mashq qiling. Chap barmog‘ingiz «V» va «B» klavishlariga, o‘ngi esa «N» va «M» ga mas’ul bo‘lsin. Avvaliga noto‘g‘ri klavishni bosib qo‘ysangiz ham hechqisi yo‘q. Faqat takror-takror shug‘ullanish kerakligini yodda saqlasangiz kifoya.

• Masalan, «Nemo», «nom», «mana», «vabo», «bola», «nam», «voy» kabi so‘zlarni terib chiqing.

6. «C», «A», «P», «Q», «Z» va «X» harflari joylashuvini eslab qolishga harakat qiling. Chap o‘rta barmog‘ingizni pastga tomon cho‘zib «C» harfini, chimchaloq barmoqlaringiz bilan esa «Q», «A», «Z» harflarini, o‘ng chimchalog‘ingiz bilan «P» harflarini bosing. Chap nomsiz barmog‘ingiz esa pastga cho‘zilib «X» ni bossin.

• Bir qator so‘zlarni ekranga qarab terishga urining. Masalan, «armiya», «zigzag», «lazer», «chiroq», «qalpoq», «xayriya», «chol», «qishloq», «zaqqum» kabi.

7. Terayotgan so‘zlaringiz orasiga tinish belgilarini qo‘shing, so‘zlarni bosh harf bilan yozing. Tinish belgilari va yordamchi tugmalarning joylashuvini barmoqlaringiz bilan eslab qolishni mashq qiling. Chimchaloq barmoqlaringiz «Shift» klavishga javobgar bo‘lsin. «Shift» bilan biror bir harfni teng bossangiz, o‘sha harf bosh harf ko‘rinishida yozilishini yaxshi bilasiz. O‘ng o‘rta va nomsiz barmoqlaringiz bilan vergul va nuqtalarni bosing. Chap chimchaloq barmog‘ingizga esa nuqtali vergul, ikki nuqta, tutuq belgisi kabi klavishlarni «yuklang».

O‘QING: Tanishing: gibrid klaviatura yoki sichqoncha (+foto)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!