Klaviaturalar haqida qiziqarli faktlar (2-qism)

Klaviaturalar haqida qiziqarli faktlar (2-qism)

Yodingizda bo‘lsa, bir qancha muddat oldin klaviaturalar haqida qiziqarli ma’lumotlarning birinchi qismini taqdim etgan edik. Endi esa o‘sha maqolaning davomi, ikkinchi qismini e’tiboringizga havola etamiz.

1. Barcha zamonaviy klaviaturalar otasi

1984-yilda IBM va Lexmark kompaniyalari tomonidan yaratilgan Model M klaviaturasi bugungi klaviaturalarning otasi hisoblanadi. Model M sonlar, strelka klavishlari va funskional klavishlarni alohida bo‘limlarga ajratgan. Bu dizayn hozirda mavjud eng ommabop dizayn hisoblanadi.

2. Tahrirlash klaviaturalari

Kino va musiqa yozish studiyalari hamda dizaynlash bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarda professionallar maxsus klaviaturalardan foydalanadi. Bunday klaviaturalarda maxsus klavishlar mavjud bo‘lib, ular foydalanuvchiga qo‘shimcha funksiyalar yaratib beradi. Masalan, Final Cut Pro yoki Adobe Premiere Pro kabi video tahrirlash dasturlari bilan ishlatish uchun alohida klaviaturalar yaratilgan.

4. Dvorak klaviaturalari

QWERTY klaviaturlariga shubha bilan qaragan ilk shaxs Avgust Dvorak bo‘lgan. Dvorak 1936-yilda o‘zining klavishlar joylashuvi tartibini patentlagan. Aytishlaricha, Dvorak klaviaturalarida matn terish uchun barmoqlar kamroq harakat qiladi, bu esa matn terish tezligini oshirib, qo‘l tolishini kamaytiradi. Ammo bu ta’kidlar haqiqat yoki uydurma ekanligi borasida bahs-munozaralar anchadan buyon davom etib keladi.

5. Kompyuter-klaviaturalar

Bunday kompyuterlar hozir mavjud emas, ammo 80-yillarda va 90-yillarning boshlarida kompyuter-klaviaturalardan keng foydalanilardi. Bu qurilmalar katta klaviatura ichiga joylangan kompyuter bo‘lgan. Kompyuter-klaviaturalarning eng mashhur modellari Commodre 64 va Amiga 500'lar edi. Keyin esa, 90-yillarga kelib, bunday qurilmalar o‘rnini shaxsiy kompyuterlar egallay boshladi.

O‘QING: Klaviaturaning siz bilmagan elementar jihati

6. Butun dunyodagi eng tez matn teruvchi odam

Ayni damda, tezkor matn terish bo‘yicha rasman jahon rekordchisi (ingliz tilida matn terish bo‘yicha) Barbara Blekbern hisoblanadi. Ammo matn terish tezligini o‘lchash borasida bahs-munozaralar ancha vaqtdan buyon davom etib keladi, sababi matn terish tezligiga qator omillar, jumladan, matn tili, klavishlar joylashuvi va klaviaturaning o‘zi ham ta’sir qiladi. Aksariyat tez matn teruvchilar Dvorak klaviaturalaridan foydalanadi.

7. QWERTY, QWERTY, QWERTY

Insoniyat tarixida jo‘natilgan ilk email xabar matni «qwertyuiop» edi, ya’ni QWERTY klavituralarining birinchi qatoridagi harflaridan iborat bo‘lgan. Rayn Tomlinson shunchaki elektron pochta xizmatining ishlashini tekshirish uchun sinov maqsadida ushbu xabarni jo‘natgan.

1988-yilda kashf qilingan planetoid (asteroidning bir turi) ga ham (6600) QWERTY deb nom berilgan.

Shuningdek, QWERTY sayyoramizda eng ko‘p ishlatiladigan parollardan hamdir. Shuning uchun, bu paroldan foydalanmaslikni maslahat beramiz.

8. Hammasiga nuqta qo‘yish ham oson emas.

Shift + ;

Fransuz klaviaturalarida nuqta (.) qo‘yish uchun Shift tugmasi «+» (plyus) va «;» (nuqtali vergul) klavishlarini bosishingiz kerak bo‘ladi. Bunga sabab nimadaligini bilmaymiz, ammo fransuz tilida gap tugallash qiyin ekanligi ko‘rinib turibdi.

9. Klaviatura monumenti

QWERTY klaviaturalari asosida yodgorlik ham yaratilgan. «Pamyatnik Klaviature» deb ataluvchi bu yodgorlik Rossiyaning Yekaterinburg shahrida joylashgan. Bu klaviatura klavishlari toshdan ishlangan, tugmalar orasidan esa maysa o‘sib turadi. Mahalliy aholi tilak bildirish uchun klaviatura ustiga chiqib bir klavishdan ikkinchisiga sakraydi. Agar ular yangidan hayot boshlamoqchi bo‘lsa, CTRL ALT DEL klavishlari ustiga sakraydi.

10. Eng murakkab klaviaturalar

Sharqiy Osiyo davlatlari klaviaturalari butun dunyodagi eng murakkab klaviaturalardan hisoblanadi. Xitoy, hind, tay yoki yapon klaviaturalarida bitta tugmada 3 yoki 4 ta belgi joylashgan bo‘ladi. Bu belgilardan birini terish uchun yordamchi tugmalardan foydalanish kerak bo‘ladi.

O‘QING: Bir yarim asr oldin tarixdagi ilk QWERTY-klaviatura qayerda qo‘llangan?