Klaviaturalarda yangi tugmacha paydo bo‘lishi mumkin!

Klaviaturalarda yangi tugmacha paydo bo‘lishi mumkin!

Microsoft kompaniyasi o‘zining standart klaviaturasidagi “menyu” yoki “Right Alt” o‘rniga Office tugmachasini qo‘shishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Gizmodo portali ma’lumot berib o‘tgan.

Portalning yozishicha, sichqonchaning o‘ng tugmasini bosish vazifasini takrorlovchi «menyu» klavishi amalda deyarli ishlatilmaydi, o‘ng taraf “Alt” klavishi esa allaqachon eskirgan. Microsoft'ning ushbu qaroriga bo‘lgan eng katta e’tiroz sifatida, kompaniya ushbu funksiyani amalda qo‘llash uchun shunchaki yangi klaviatura kombinatsiyasini ajratishi mumkin ekanligi iddao qilinmoqda. Aytish kerakki, Microsoft o‘zining yangi g‘oyalarini amalda qo‘llashdan avval foydalanuvchilar fikrini inobatga olib keladi.

Eslatib o‘tamiz, so‘ngi marta 1994 yilda Microsoft standart klaviaturalarida o‘zgartirishni amalga oshirgan edi. O‘shanda, kompaniya ikkita qo‘shimcha – “menyu” hamda Windows tugmachalari mavjud bo‘lgan Microsoft Natural keyboard’ni taqdim etgandi.

O‘QING: Windows 7 hamda Windows XP’da jiddiy xavf bor – tezda yangilab oling!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!