Klaviaturaning siz bilmagan elementar jihati

Klaviaturaning siz bilmagan elementar jihati

Har birimiz deyarli har kuni kompyuterdan foydalanamiz, klaviatura bilan matn teramiz, biroq PCdan shunchalik ko‘p foydalanganimizdan undagi ba’zi mayda jihatlarga, hattoki, e’tibor ham bermaymiz.

Masalan, ko‘pchilik QWERTY klaviaturadagi F va J tugmalarining pastki qismida bo‘rtib chiqqan chiziqcha borligini payqamagan bo‘lsa kerak. Xo‘sh, bu bo‘rtmalardan maqsad nimada?

Bu klavishlarining pastki qismida joylashgan bo‘rtmalar yozayotgan kishiga o‘ng va chap barmoqlarni klavishlar paneliga qaramasdan ham, klaviatura bo‘ylab to‘g‘ri joylashtirish imkonini berish uchun ataylab yaratilgan. Barmoqlarni "home row" (bosh qator) deb ataluvchi klavishlar guruhi bo‘ylab to‘g‘ri joylashtirish bilan boshqa klavishlarni klaviaturaga qaramasdan ham to‘g‘ri aniqlay olish va yozish tezligini oshirish mumkin. QWERTY klaviaturada "home row" guruhiga o‘ng qo‘l barmoqlari uchun J, K, L; chap qo‘l barmoqlari uchun esa A, S, D, F tugmalari kiradi. 

Bundan tashqari sonlar panelidagi "5" klavishida ham ayni bo‘rtiq mavjud bo‘lib, u ham yuqoridagi kabi vazifani bajaradi. 

O‘QING: KLAVIATURALARDA YANGI TUGMACHA PAYDO BO‘LISHI MUMKIN!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.