Koinotga suv yordamida parvoz: rossiyalik fizik shunday taklifni ilgari surmoqda

  •   Saroy
  •  1094
  •  30.07.2018 12:10

Koinotga suv yordamida parvoz: rossiyalik fizik shunday taklifni ilgari surmoqda

Fizik olim Mixail Kokorichning ta’kidlashicha, suv raketani yer orbitasidan tashqariga olib chiqish uchun eng zo‘r yoqilg‘i bo‘la oladi.

Kokorich asos solgan Momentus startapi koinotga dvigateli suv bilan  ishlaydigan dunyodagi ilk raketani 2019 yildayoq  uchirishni rejalashtirmoqda. Yangi ishlanma Rossiyaga qarashli yo‘ldosh-kubsatni boshqarishda foydalaniladi. 2020 yilda esa to‘laqonli reketa dvigateli  Ardoride’ni sinash ishlari boshlanadi.

O‘QING:Koinot hamma uchun: AQSh Milliy iftixori sanalgan apparat Yevropada ishlangan bo‘lib chiqdi

«Biz koinotga  suv-plazma tortish kuchiga asoslangan ilk raketani uchiramiz», — deydi Mixail Kokorich. «Suvni plazma holatigacha isitish uchun quyosh energiyasidan foydalanamiz va ushbu qizlirilgan gaz yordamida tortish kuchini hosil qilamiz». Hozirda Momentus muhandislari plazma kamera va naysimon uskuna materiallarini bug‘lantirib yubormasligi  uchun izlanish olibbormoqda.

Kokorichning qat’iy ta’kidlashicha, suv bu, raketani yer orbitasidan tashqariga olib chiqish uchun eng maqbul yoqilg‘idir. «Kimyoviy tortish faqat yerdan uzilib chiqish uchun zarur bo‘ladi», — deydi biznesmen. Suv esa Yerda ham Koinotda ham ko‘p bo‘lgan juda oddiy suyuqlik. Uning yordamida raketani geostatsionar orbitaga ion dvigateliga qaraganda ham tezroq olib chiqish mumkin.

O‘QING: NASA o‘zga sayyoralarni insoniyatdan himoya qilmoqchi

 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!