Kollej va OTMni bitirganlik ma’lumotnomasini endi onlayn tarzda oling!

  •   DiMaX
  •  650
  •  04.12.2020 10:45

Kollej va OTMni bitirganlik ma’lumotnomasini endi onlayn tarzda oling!

Elektron hukumat tizimini rivojlantirish va yanada takomillashitirish amalga oshirilayotgan raqamli islohotlarning eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri. Bu esa, o‘z navbatida, nafaqat vaqtni, mehnat va moliya harajatlarini tejashga yordam beradi, eng asosiysi, fuqarolarimiz uchun qulaylik yaratib beradi, ularga qator xizmatlarni tezkor ravishda taqdim etishga zamin yaratadi, deyiladi AKT vazirligi xabarida.

O‘QING: O‘zbekistonda milliy test tizimi uchun onlayn ro‘yxatga olish boshlandi

Ta’kidlash kerakki, so‘ngi ikki yilda amalga oshirilgan ishlar tahliliga nazar soladigan bo‘lsak, mamlakatimizda zamonaviy elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yaxlit tizimini yaratish, davlat organlarining aholi va tadbirkorlik subektlari bilan o‘zaro hamkorligining yangi mexanizmlarini joriy etish yuzasidan izchil ishlar olib borildi.

Aholi va tadbirkorlik subektlarining davlat organlari bilan kontaktsiz aloqa shakllarini yanada rivojlantirish maqsadida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (https://my.gov.uz) ishlab chiqilgan. Bugungi kunda Yagona portal orqali 217 ta elektron davlat xizmati taqdim etilmoqda. Yil yakuniga esa ushbu ko‘rsatkichni 230 gacha yetkazishi rejalashtirilgan.

Yaqindan boshlab esa Yagona portalda yangi xizmat joriy etildi. Endilikda fuqarolarimiz mazkur portal orqali oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasasida o‘qiganlikni tasdiqlash haqidagi arxiv ma’lumotnomasini olishlari mumkin. Ushbu xizmat bepul ko‘rsatilib, besh kun mobaynida amalga oshiriladi. Mazkur xizmatdan foydalanish uchun https://my.gov.uz/uz/service/369 havolasi orqali o‘ting.

Ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizda amalga oshirilayotgan raqamli islohotlarning bosh maqsadi fuqarolarimizga har vaqt va har holda sifatli va qulay xizmatlarni ko‘rsatishdir. Va shu tarzda elektron hukumat tizimining rivojlantirishi – raqamli islohotlarning eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri.

O‘QING: Doimiy «propiska»ga onlayn ro‘yxatdan o‘tishni o‘rgatuvchi videoqo‘llanma

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!