Kommunal to‘lovlardagi qarzdorliklar haqida Telegram orqali ma’lumot olamiz!

Kommunal to‘lovlardagi qarzdorliklar haqida Telegram orqali ma’lumot olamiz!

«O‘ztransgaz» AJ Majburiy ijro va boshqa xizmat ko‘rsatish tashkilotlari bilan birgalikda iste’mol qilingan tabiiy gaz va boshqa kommunal xizmatlar uchun mavjud qarzdorlik to‘g‘risida jamoatchilikka to‘liq ma’lumot olish uchun «Telegram-bot»ni ishga tushirdi.

Buni amalga oshirish uchun Telegram messenjeriga kirib, izlash bo‘limiga @MIBInformerBot deb yozish lozim. Botni topganingizdan so‘ng unga /start buyrug‘ini yuborasiz. So‘ngra telefon raqamingizni kiritasiz va kerakli bo‘limni tanlaysiz, shaxsiy hisob raqami bilan hisoblagichdagi ko‘rsatkichni yuborasiz.

Telegram-bot iste’molchining so‘roviga ko‘ra bir necha soniya ichida qarzdorlik haqida ma’lumotni taqdim etishi ko‘zda tutilgan, ammo botda hozircha uzilishlar kuzatilmoqda. Shuningdek, bot hozircha test rejimida ishlayotganligini ham aytib o‘tish joiz.

Ushbu qulaylik fuqarolarga uylaridan turib iste’mol qilingan kommunal xizmatlar haqida ma’lumot olish va to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishlariga yordam beradi.

O‘QING: Telegram'da siz uchun foydali botlar

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.