Kompaniya rahbari allaqachon Redmi K40 ishlatyapti: skrinshot uning zo‘r jihatini ko‘rsatdi!

  •   DiMaX
  •  1072
  •  19.01.2021 10:43

Kompaniya rahbari allaqachon Redmi K40 ishlatyapti: skrinshot uning zo‘r jihatini ko‘rsatdi!

Xiaomi kompaniyasining arzonchi brendi tayyorlagan Redmi K40 smartfonining ilk «jonli» rasmlarini e’lon qilgan edik. Kompaniya faqat uning Redmi K40 Pro versiyasidagina Snapdragon 888 chipsetini qo‘llashi ham aytilgan. Lekin yaqinda...

O‘QING: Snapdragon 888 protsessorli eng arzon flagman – Redmi K40 Pro ilk suratda!

Redmi brendining lahbari Lyu Veybing (Lu Weibing) kecha Weibo tarmog‘ida o‘zi ishlatayotgan smartfonning ekranidan skrinshot e’lon qildi. Bu surat ikkita faktni oshkor etgan – mazkur smartfonning Redmi K40 ekanligi va qurilmaning avtonomlik darajasi (quvvati qanchalik uzoq vaqtga yetishi).

Skrinshot olingan paytgacha smartfon 10,5 soat ishlagan, uning akkumulyatorida qolgan quvvat esa 64% ekan. MIUI hisob-kitoblariga ko‘ra, Redmi K40 shu qolgan zaryad bilan yana 25 soat ishlay oladi.

Ya’ni, umumiy hisobda bu qurilmaning avtonomligi mazkur (interneti doimiy yoqiq holdagi aralash) rejimda 35,5 soatni tashkil etar ekan. Bu – Redmi K40 to‘liq quvvatlangach, oddiy rejimda uni bemalol 2–3 kun ishlatish mumkin, deganidir!

O‘QING: Quvvati eng uzoq vaqtga yetuvchi 15 smartfon bilan tanishing

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!