Komponentlarning ta’minoti bilan bog‘liq muammolar sabab S22 seriyasining sotuvga chiqish sanasi kechiktirilishi mumkin

Komponentlarning ta’minoti bilan bog‘liq muammolar sabab S22 seriyasining sotuvga chiqish sanasi kechiktirilishi mumkin

Samsung fevral oyining to‘qqizinchi sanasida Unpacked tadbirini o‘tkazadi. Insayder Jon Prosser so‘zlariga ko‘ra, ta’minot bilan bog‘liq muammolar sabab smartfonlarning sotuvga chiqish sanasi kechiktirilishi mumkin. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, S22 qurilmalariga oldindan buyurtma berish 9-fevraldan boshlanadi, biroq S22 Ultra'ning rasmiy sotuvi 25-fevral, S22 hamda S22+ modellarininki esa 11-mart kuniga kechiktirilishi aytilmoqda. 

Samsung hozircha ushbu xabarlarga rasmiy bayonot bermadi. 

O‘QING: Galaxy S22 modeli 25 vatt, S22+ hamda S22 Ultra modellari esa 45 vattda quvvat oladi 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!