Kompyuter insondan aqlli ekanini qachon isbotlagandi?

  •   Saroy
  •  2109
  •  08.08.2018 17:19

Kompyuter insondan aqlli ekanini qachon isbotlagandi?

1970 yil 7 avgust kuni ilk bor kompyuterlar o‘rtasida shaxmat turniri o‘tkazildi. Taniqli ilmiy tadqiqot institutlarining algoritmli eng zo‘r hisoblash mashinalari inson bilan shaxmat o‘ynash huquqini qo‘lga kiritish uchun “saralash musobaqasida” qatnashdilar.

Chempionat 1990- yillardagi noutbuk havaskorlari  yoki kompyuter klublari yig‘iniga o‘xshamasdi. O‘sha  vaqtlarda shaxmat dasturlarini xona kattaligidagi superkompyuterlarga o‘rnatsa bo‘lardi. To‘g‘risini aytganda, ular dastavval yadro energetika va boshqa ilmiy hisob-kitoblar uchun loyihalashtirilgan edi, ammo hech kim dunyodagi eng kuchli hisoblash mashinani shaxmatchilar intellekti bilan taqqoslab ko‘rishga qarshi emasdi, albatta.

Mazkur “saralash” turnirida ulkan superkompyuter  Control Data Corporation g‘olib bo‘lgandi. Suratga e’tibor qilsangiz, unda  keyinroq ishlab chiqarilgan  va o‘zining arifmetik-mantiqiy qurilmasi va 10 ta protsessori bilan  CDC 6600 modifikatsiya aks etgan. Ushbu ulkan qurilma soniyasiga atigi 1 millionta yo‘riqnomani  hazm qila qila olardi. Taqqoslaydigan bo‘lsak, hozir unchalik kuchli bo‘lmagan netbuklar ham undan  3300 marotaba tez ishlaydi.

O‘QING:Shaxmatda sayyoramizning tengsiz o‘yinchisi ma’lum bo‘ldi

Tabiiyki, o‘shanda shaxmatchilar,  nodon kompyuterlarning ustidan kulgandi va o‘zlariga raqobatchi paydo bo‘lganini tan olmagandi. 1968 yilda  shaxmat ustasi Devid Levi qatarosiga yana o‘n yil kompyuterlar uni shaxmatda taslim qilo olmasligi haqida bahs boyladi... va bahsni yutib chiqdi! To‘g‘ri, IBM 1989 yilda ishlab chiqqan Deep Thought kompyuteri o‘ziga ortiqcha baho bergan grossmeysterni bir marta yutib qo‘ygandi.

Lekin, inson bilan kompyuter o‘rtasida eng qiziqarli va hayojonli shaxmat musobaqasi 1997 yilda bo‘lib o‘tdi. O‘shanda, yana o‘sha IBM muallifligida chiqarilgan kompyuter shaxmat bo‘yicha bir necha bor jahon chempioni bo‘lgan Garri Kasparovni kutilmaganda dog‘da qoldirib, 45 ta yurishdan keyin musobaqa g‘olibi bo‘ldi. O‘shanda asosiy vaqtda grasmeyster ustunlik qilib kelayotgandi.

Bunga sabab, dasturchilar dasturlashni oxirigacha yetkazmagandilar va kompyuter yutqazayotgan bir paytda to‘satdan tavakkal yurish qildi va jahonning eng zo‘r shaxmatchisini dovdiratib qo‘ydi.  Kasparov mashinaning harakatida qanday ayyorlik yashiringanini izlay boshladi va  shu sababli xushyorlikni qo‘ldan chiqardi, partiya esa boy berildi.

O‘QING:Sun’iy ong: jilovni qo‘lga olishga hali ertami?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!