Kompyuter monitorini qanday tozalash kerak?

Kompyuter monitorini qanday tozalash kerak?

Kompyuteringiz monitori ishingiz mahsuldorligi kalitidir, lekin uni tozalashga kelganda... yoki deyarli tozalamaysiz yoki qo'lingiz bilan bir-bir artib qo'yasiz. Albatta, hech kim kompyuteri monitorida dog'lar, chang va boshqalarni ko'rishni yoqtirmaydi. Shuning uchun, ushbu qo'llanmada biz bir necha oddiy qadamda monitorni qanday tozalash kerakligini ko'rib chiqamiz.

Monitorni tozalashga kerak bo'ladigan narsalar?

Bizga eng asosiysi ekrandagi chang va qoldiqlarni tozalash uchun mikrofiber mato kerak bo'ladi. Iltimos, salfetka yoki boshqa latta-puttalardan foydalanmang, chunki ular displeyingiz panelini tirnashi mumkin. Nam salfetkalar esa ekranda dog' qoldiradi.

Bizga kerak bo'ladigan ikkinchi narsa bu – suv. Distillangan bo'lsa yana nur ustiga a'lo nur. U bilan mikrofiber mato birlashmasi ekranni tozalash uchun yaxshi vositaga aylanadi. 

Yana bir narsa, agar topilsa, elektronikalarni tozalashda ishlatiladigan kanservarli siqilgan havo.   

Ekranni tozalash: 1-qadam

Kerakli narsalarni tayyorlab olgandan keyin, yengni shimarib ekranni tozalashga o'tsak. Eng avvalo tozalashni boshlashdan oldin monitoringiz tokdan uzilganiga va u sovuganiga ishonch hosil qiling. Har ehtimolga qarshi, unga ulangan har qanday kabellarni uzib qo'ying.

Avvaliga quruq mikrofiber matoni qo'lingizga oling va agar u katta bo'lsa buklab oling. Uni monitor yuzasiga yaqinlashtiring va changlarni tozalash uchun asta-sekinlik bilan ekranni artishni boshlang. Ushbu jarayonda monitorni yorib, sindirib qo'ymaslik uchun qo'lingizni qattiq bosmang. Displeyni tozalab bo'lgach, monitor orqa tomonini o'zingiz qarating. U yerda chang ko'proq bo'lishi mumkin. Bunday holda changlarni yo'qotish uchun iloji bo'lsa siqilgan havodan foydalaning. Yoki bo'lmasa, istalgan yumshoq mato bilan changlarni to'plamasdan, joylarni qisqa-qisqa harakatlar bilan tozalang.

Ekranni tozalash: 2-qadam

Endi ikkinchi qadamga o'tsak. Navbatda mikrofiber matoni (iloji bo'lsa distillangan) suv bilan namlang, ho'llamang, shunchaki namlang va monitordagi dog' va boshqalarni yo'qotish uchun uni sekin-asta tozalang. Diqqat! Ekranga suv purkamang! Bunda suv ekranga sizib kirishi va uning komponentlariga zarar yetkazishi mumkin.

Ekranni to'liq bir marta nam mikrofiber mato bilan tozalanganingizdan so'ng, uni yaxshilab yuvib tashlang va siqing yoki ikkinchi mikrofiber matoni ham avvalgidek namlab, ekran avvalgi tozalashdan quriganidan so'ng, qolib ketishi mumkin bo'lgan dog'larni yo'qotish uchun yana bir marta monitorni arting. So'ngra monitor orqa tomonini ham xuddi shu qadamlar bilan tozalashni unutmang.

Tayyor. Endi avval uzilgan kabellarni qayta ulang, kompyuteringiz yoqing va ekraningiz avval qanchalik chang bo'lganini va hozir u qanchalik tiniq bo'lganini his qiling.

O'QING: 2022-yilning top besh bepul, shuter o‘yinlari bilan tanishing