Kompyuter uchun 5 ta bepul Android emulyatori

Kompyuter uchun 5 ta bepul Android emulyatori

Quyida kompyuterlar uchun eng yaxshi 5 ta Android emulyatori haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

1. BlueCtacks

• Android versiyasi: 7.
• Platforma: Windows, macOS.

Bu, ehtimol, eng mashhur Android emulyatori, ayniqsa, geymerlar orasida mashhurdir. Dastur o‘yinlarni ishga tushirish uchun yaratilgan bo‘lsada, turli xil ilovalar bilan ham bemalol ishlashingiz mumkin. Agar kompyuteringiz yetarlicha kuchli bo‘lsa, u hatto eng og‘ir o‘yinni ham muvaffaqiyatli ishga tushiradi. O‘z navbatida, BlueStacks'ning o‘zi boshqa emulyatorlarga qaraganda ko‘proq joy egallaydi va yuklashga ko‘proq vaqt talab etadi. Bepul versiyada o‘yinlarga homiylik bo‘yicha tavsiyalar mavjud. Agar xohlasangiz, reklamalarni o‘chirib qo‘yish va texnik yordamdan foydalanish uchun oyiga $ 3.33 evaziga premium BlueStacks'ga obuna bo‘lishingiz mumkin.

Yuklash

2. NoxPlayer

• Android versiyasi: 7.
• Platforma: Windows, macOS.

Yon panelda boshqaruv tugmalari bilan tanish bo‘lgan Android interfeysini namoyish etadigan yengil va tezkor emulyator. Dastur sozlamalarida siz kirish huquqini yoqishingiz, protsessor yadrolari va ajratilgan Operativ xotira miqdorini qo‘shib, unumdorlikni oshirishingiz, shuningdmu, ekranning aniqligi va FPS sonini o‘zgartirishingiz mumkin. NoxPlayer bir vaqtning o‘zida bir nechta akkauntlardan o‘ynashga imkon beradi, bu onlayn loyihalar uchun foydali bo‘lishi mumkin. Dastur har bir o‘yin profili uchun rasmini alohida oynada namoyish etadi.

Yuklash

3. MEmu

•Android versiyasi: 5.
• Platforma: Windows, macOS.

Funksional va vizual jihatdan MEmu Nox'ga juda o‘xshash. Siz emulyator uchun qancha quvvat sarflanishini, qancha xotira zaxirasini ajratish va o‘yinlarni qanday kadrlar chastotasida ishga tushirishni belgilashingiz mumkin. Yon panelda displeydan video yozib olish, skrinshot qilish va klaviatura sozlamalarini yaratish tugmalari mavjud.
Ilovalarni kompyuter xotirasidan APK fayllari sifatida yoki Google Play'dan o‘rnatish mumkin. MEmu sizga tezda root'ni faollashtirishga, shuningdek, interfeys qismlarini sozlashga imkon beradi. Dastur Android'ning barcha asosiy elementlarini, shu jumladan, ma’lumotlar panelini, sozlamalar menyusini va hatto fayl boshqaruvchisini emulyasiya qiladi.

Yuklash

4. Andy

• Android versiyasi: 7.
• Platforma: Windows, macOS, Linux.

Andy minimalizm muxlislariga murojaat qiladi. Dastur oynasida deyarli sozlamalar yo‘q: ishga tushirilgandan so‘ng toza Android interfeysini ko‘rasiz. Siz faqat displey joylashuvini o‘zgartirishingiz va tasvirni to‘liq ekranga o‘tkazishingiz mumkin. Ammo ovozni boshqarish, joylashishni aniqlash va kirishni boshqarish uchun alohida tugmalar mavjud. Ishga tushirishdan oldin Andy Opera brauzerini va boshqa antivirusni o‘rnatishni taklif qiladi. Ammo buni inkor qilishingiz mumkin. Emulyatorning imkoniyatlari talab qilinadigan o‘yinlar uchun etarli emas, ammo u Android yordamchi dasturlari bilan ishlash uchun juda ajoyib.

Yuklash

5. Gameloop

• Android versiyasi: ko‘rsatilmagan.
• Platforma: Windows.

Call of Duty va Android uchun PUBG ishlab chiqaradigan Tencent kompaniyasining rasmiy emulyatori hisoblanadi. Agar siz bu o‘yinlarni kompyuteringizda o‘ynashni istasangiz, Gameloop - bu eng yaxshi variant. Shuningdek, dastur shuningdek, uning ichki katalogidan o‘rnatilishi mumkin bo‘lgan boshqa ko‘plab o‘yinlarni ham ishga tushira oladi. Gameloop faqat geymerlar uchun mo‘ljallangan. Dastur klaviatura va sichqoncha bilan mukammal ishlaydi. Ammo o‘yin bo‘lmagan dasturlar uchun Gameloop umuman mos kelmaydi.

Yuklash

O‘QING: Android’da keng imkoniyatlar uchun dasturchi menyusini faollashtiramiz

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!