Kompyuter uchun Telegram'ga uzoq kutilgan yangilanish chiqarildi!

Kompyuter uchun Telegram'ga uzoq kutilgan yangilanish chiqarildi!

O'tgan yilning dekabr oyida Telegram o'zining iOS va Android ilovalariga xabarlarni tarjima qilish xususiyatini qo'shgan edi. Kecha ushbu funksiya 4.3.2 versiya yangilanishi bilan kompyuter uchun Telegram dasturiga ham qo'shildi, ya'ni endi siz Telegram Desktop'da ham xabarlarni tarjima qilishingiz mumkin. Buning uchun bu funksiyani Sozlamalar > Til bo'limidan yoqib qo'yishingiz kerak.

Afsuski, yangi versiya bir qancha xatoliklar bilan chiqarilgan: Telegram Desktop'da oyna o'lchami va arxivdagi chatlarning to'liq ko'rsatilmasligi kabi muammolar yuzaga kelmoqda. TeleUz'ning aytishicha "bu vaqtinchalik xatolar bo'lib, ular jamoa tomonidan tuzatiladi". Hozircha esa buzilgan oyna muammosini dasturni vazifalar paneliga minimallashtirib, qayta ochgandan so'ng to'liq ekranga o'tkazish bilan yechish mumkin.

O'QING: CS:GO o‘yining navbatdagi yangilanishida Dust II xaritasi olib tashlandi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!