Kompyuter va noutbukni fleshka va qattiq disklarni xavfsiz sug‘uriladigan qilib sozlaymiz

  •   DiMaX
  •  2343
  •  08.04.2019 12:04

Kompyuter va noutbukni fleshka va qattiq disklarni xavfsiz sug‘uriladigan qilib sozlaymiz

Bilasizki, kompyuter va noutbuklarning USB-portlaridan tashqi xotira qurilmalari – fleshka va qattiq disklarni birdaniga uzib qo‘yish xavfli. Bunda xotira tashuvchi moslama ishdan chiqishi, ichidagi barcha fayllar izsiz yo‘qolishi mumkin.

O‘QING: «Fayl slishkom velik»: agar fayl fleshkaga ko‘chmasa nima qilamiz?

Yuqoridagi holatdan boxabar Microsoft kompaniyasi Windows 10 operatsion tizimida shu kabi tasodifiy holatlarning oldini olishni ham ko‘zda tutgan, faqat undan foydalanishni bilish kerak.

Odatda, tashqi xotira qurilmasiga fayllarni yozayotgan paytimizda unga energiya yetkazib berilishida uzilish bo‘lsa yuqoridagi muammo yuzaga keladi. Masalan, fayllarni ko‘chirayotganda USB-portdan uni uzsak yoki shu jarayonda kompyuter avariyaviy tarzda o‘chib qolsa. Buning oldini olish uchun esa, avvalo, quyidagilarni bilib qo‘yishimiz darkor.

Tashqi xotira moslamalari kompyuterga ikkita rejimdan birida ulanishi mumkin: «Tezkor sug‘urish» («Bistroye udaleniye») yoki «Optimal samaradorlik» («Optimalnaya proizvoditelnost»).

Bulardan birinchisi bo‘yicha ulangan qurilmani kompyuter yoki noutbukdan istalgan paytda sug‘urib olaverish mumkin – bunda uning ichida avvaldan mavjud bo‘lgan fayllarga zarar yetmaydi. Ya’ni, «Tezkor sug‘urish» rejimida ulangan fleshka yoki tashqi diskni sug‘urib olish uchun treydagi (ekranning pastki o‘ng burchagidagi) «Vazifalar paneli» («Panel zadach») bildirishnomalar hududida aks etuvchi «Izvlech ustroystvo» opsiyasi orqali tizimdan uzish shart emas.

Agarda xotira qurilmasi «Optimal samaradorlik» rejimi bo‘yicha ulangan bo‘lsa, unga fayllar ko‘chirish va undan «o‘qish» ancha tezkorlik bilan amalga oshiriladi, fleshka bilan ishlash qiyin bo‘lmaydi. Faqat bu rejimda tashqi xotira qurilmasini kompyuterdan jismoniy uzishdan (sug‘urib olishdan) oldin, albatta uni operatsion tizim darajasida ajratish, ya’ni treydagi «Qurilmani chiqarib olish» («Izvlech ustroystvo») opsiyasi orqali tizimdan chiqarib olish kerak bo‘ladi.

O‘QING: CES 2019 ko‘rgazmasida SanDisk naq 4 terabaytlik USB-fleshka taqdim etdi!

Tushungan bo‘lsangiz kerak – fleshka yoki tashqi qattiq disk tasodifiy uzilishlarda zararlanishining oldini olish uchun, uni kompyuterga «Tezkor sug‘urish» rejimida ulagan ma’qul. Buni esa quyidagicha sozlab qo‘yish kerak bo‘ladi:

  1. Tashqi xotira qurilmasini kompyuterga ulaymiz.
  2. Boshlang‘ich menyu – «Windows» belgichasi ustiga sichqonchaning o‘ng tugmachasi bilan chertamiz. Ochilgan menyu ro‘yxatidan «Disklarni boshqarish» («Upravleniye diskami») bandini tanlaymiz.
  3. Ulangan tashqi xotira qurilmasini topib, ustiga sichqonchaning o‘ng tugmachasi bilan chertamiz va «Xususiyatlari» («Svoystva») bandini bosamiz.

  1. Disk xususiyatlari oynachasidagi ikkinchi – «Siyosat» («Politika») varaqasiga o‘tamiz. Shu yerda ushbu qurilmani tizimdan uzishning qaysi siyosati («Tezkor sug‘urish» yoki «Optimal samaradorlik» rejimi) o‘rnatilganligini ko‘ramiz. Shulardan qay biri – sug‘urishning xavfsiz kechishi yoki fleshkaning tezkor ishlashi o‘zimiz uchun zarur bo‘lsa, o‘shani tanlab, «OK» tugmachasini bosamiz.

Windows 10 tizimining yangi versiyalarida dastlabki sozlamalarga ko‘ra barcha tashqi xotira qurilmalarida «Tezkor sug‘urish» rejimi qo‘llanmoqda. Ya’ni, ularda fleshkani USB-portdan sug‘urib olish uchun uni tizimdan o‘chirish shart emas. Agarda kompyuter yoki noutbukingizda undan avvalgi versiyalardagi Windows o‘rnatilgan bo‘lsa, yuqoridagi usul bo‘yicha uni shu rejimga o‘tkazib olishingiz mumkin.

Agarda tashqi xotira qurilmasining yuksak samaradorlik bilan ishlashini istasangiz, yuqoridagi yo‘riqnoma bo‘yicha uni «Optimal samaradorlik» rejimiga o‘tkazib qo‘ysangiz ham bo‘ladi. Lekin yodda tuting – bunda fayl ko‘chirayotganda uzilish bo‘lsa, xotira qurilmasi ishdan chiqishi, ichidagi fayllar kuyib ketishi mumkin.

Darvoqe, Terashop.uz internet-do‘konimizdan narxi 2 109 000 so‘mdan boshlanuvchi turli noutbuklarni sotib olish, shuningdek, 66 000 so‘mdan boshlangan narxlarda smartfon va kompyuter fleshkalarini xarid qilish imkoni mavjud. Shuningdek...

O‘QING: Arzonlashgan MDC smartfonlarini Terashop.uz’dan xarid qilib, 16 GBlik SanDisk xotira kartasini hadyaga oling! (2019 yil 27 mart)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.