Kompyuter va smartfonlar 2020 yilda qimmatlaydi, sababi...

  •   DiMaX
  •  5395
  •  03.01.2020 18:11

Kompyuter va smartfonlar 2020 yilda qimmatlaydi, sababi...

Odatda biror gadjetning narxiga ta’sir etuvchi omillar ko‘p: butlovchi qismlarining tannarxi, ishlab chiqarish bilan bog‘liq xarajatlar, marketing va reklama ishlari, yetkazib berish chiqimlari... Biroq ko‘p hollarda narx belgilashda brendning nufuzi ham asosiy rol o‘ynaydi.

O‘QING: Bitta uy narxida kompyuter sotuvga chiqdi, olasizmi?

Manbalarning ma’lumot berishicha, NAND turidagi flesh-xotiralar narxi bu yil 40 foizgacha oshadi. Bu esa, mazkur butlovchi qismga bog‘liq bo‘lgan smartfonlar hamda kompyuterlar, noutbuklarning ham qimmatlashuviga olib keladi.

DigiTimes nashriga ko‘ra, bu haqda xotira chiplarini ishlab chiqaruvchilar, jumladan, SK Hynix, Micron va Samsung kabilarga yaqin manbalar xabar bermoqda. Agarda bu prognoz rost bo‘lib chiqsa, NAND-xotiralarni, ya’ni SSD-saqlagichlarni qo‘llovchi gadjetlarning ham narxlari mos tarzda oshadi.

Avvalroq Samsung zavodlaridan birida elektr ta’minoti bir necha daqiqaga uzilib qolgan. Natijada esa NAND va DRAM turlaridagi xotira chiplarini ishlab chiqaruvchi tizimlar to‘xtab qolgan. Buning oqibatida texnogigant millionlab dollar zarar ko‘rgan.

Eslatib o‘tamiz, Terabayt.uz saytida Galaxy Fold, iPhone XS Max, Galaxy S9+, iPhone X, iPhone 8, iPhone SE, Galaxy S10+ va Galaxy S7 kabi smartfonlarning tannarxlari e’lon qilingan.

O‘QING: Qimmatbaho smartfonlar va 5G-modellar bozorlarida kimlar yetakchi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.