Kompyuter va smartfonlar uchun eng yaxshi 11 ta tekin VPN ilovasi

Kompyuter va smartfonlar uchun eng yaxshi 11 ta tekin VPN ilovasi

Biz ilgaririroq VPN nima ekanligi haqida ma’lumot bergan edik. Shunday bo‘lsa-da, qisqacha qilib tushuntirsak, internetdan xavfsiz va anonim foydalanish, ma’lum hudud uchun qo‘yilgan cheklovlarni kesib o‘tish va shu internetdan anonim foydalanish uchun virtual xususiy tarmoq yoki VPN'dan foydalanish mumkin.

O‘QING: Google «bepul» VPN servisini ishga tushiryapti

Quyida smartfon va kompyuterlar uchun eng yaxshi 11 ta tekin VPN xizmati bilan tanishamiz.

1. TunnelBear

Qisqa qilib aytganda, hozirgacha mavjud bo‘lgan eng yaxshi VPN xizmati. Ilova oddiy va juda tez ishlaydi. Sizdan faqat TunnelBear veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tib, ilovani yuklash talab qilinadi xolos. 20 ta mamlakatdagi serverlardan biriga ulanish imkoni mavjud.

TunnelBear kompyuter va smartfonlar uchun mavjud. Bitta akkauntdan beshtagacha qurilmada foydalanish mumkin. Biroq tekin trafik miqdori maqtarli emas — oyiga atigi 500MB.

Yuklash: Chrome, App Store, Play Store

2. Windscribe

Ushbu xizmatning eng katta plyus tomoni tekin taqdim qilinadigan trafik miqdorining 10GB ekanligidir (avval email'ni ro‘yxatdan o‘tkazish kerak). Bundan tashqari, 11 ta mamlakat bo‘ylab joylashgan 25 ta serverga ulanish mumkin. Yana 5GB qo‘shimcha trafikka ega bo‘lish uchun Twitter'da tvit qoldirish kifoya. Shuningdek, siz taklif qilgan havola orqali xizmatda ro‘yxatdan o‘tgan har bir yangi foydalanuvchi uchun qo‘shimcha 1GBga ega bo‘lasiz.

Xizmatda ro‘yxatdan o‘tish uchun hech qanday shaxsiy ma’lumot kiritish shart emas, faqat yuzerneym va parol talab qilinadi xolos.

Xizmatning tekin versiyasi bilan bitta akkaunt orqali faqat bitta qurilma bilan internetga kirish mumkin.

Yuklash: Chrome, FireFox, App Store

3. Hotspot Shield

Ushbu xizmat sizga oyiga atigi 500MB tekin trafik taqdim etadi. Bitta akkauntga 5 tagacha qurilmadan kirish mumkin. Hotspot Shield'ning e’tiborli jihatlaridan biri shundaki, agar siz internetga ishonchli bo‘lmagan Wi-Fi tarmog‘i (masalan, kafe, aeroport yoki mehmonxonada) orqali ulansangiz, VPN avtomatik ravishda faollashadi. Bu bilan turli onlayn xizmatlarga to‘lov qilishingiz va shaxsiy ma’lumotlaringiz o‘g‘irlanishi haqida qayg‘urmasangiz ham bo‘ladi.

Xizmatning kamchiligi shundaki, qaysi mamlakat serveri orqali internetga ulanishni tanlab bo‘lmaydi. Tezlik ba’zan kamayishi ham mumkin.

Yuklash: Chrome, App Store, Play Store

4. Speedify

Speedify'ning o‘ziga xos xususiyati — internetga ulanishning eng yuqori tezligi. Bunga barcha mavjud internet ulanishlarni birlashtirish orqali erishiladi. Masalan, simli internet va 3G/4G uyali aloqasi orqali. Faqatgina bitta ulanish turida ham Speedify'ning noyob texnologiyalari tufayli tezlikni oshirishingiz mumkin.

Butun dunyo bo‘ylab 30 ta serverdan birini tanlashingiz mumkin. Oylik limit — 2GB. VPN'dan faqat bitta qurilmada foydalanish imkoni bor.

Yuklash: App Store, Play Store

5. Proton VPN

Barcha ommabop platformalarda mavjud bo‘lgan juda yaxshi VPN xizmati. Bepul versiyada siz bitta qurilmadan uchta mamlakatda joylashgan serverlarga ulanishingiz mumkin. Shu bilan birga, trafik miqdori bo‘yicha cheklovlar mavjud emas, bu aksariyat foydalanuvchilar uchun yanada muhimdir.

Bir vaqtning o‘zida faqat bitta qurilmadan bir foydalanish mumkinligidan tashqari, kamchiliklar qatoriga oqimli (striming) xizmatlari va torrentlarning qo‘llab-quvvatlanmasligi kiradi. Bularning barchasi pulli obunani talab qiladi.

Yuklash: App Store, Play Store

O‘QING: Smartfoningizda Speedtest bo‘lsa, endi boshqa VPN-ilovaning keragi yo‘q!

6. Browsec

Trafik cheklovlarisiz yana bir VPN. Xizmat mobil dastur va mashhur brauzerlar uchun kengaytma sifatida mavjud. «Smart Settings» funksiyasi tufayli xizmatni faqat tanlangan saytlarda avtomatik ravishda yoqish mumkin, bu esa trafikning qolgan qismini to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tishiga imkon beradi. Bu xususiyat faqat bitta sayt uchun bepul ishlaydi.

Qolgan cheklovlar qatoriga serverlar soni faqat 4 ta ekani va tekin versiyada tezlik 20 Mbit/sekundga cheklangani kiradi. Premium versiya bilan 100 Mbit/sekund tezlikkacha erishish mumkin.

Yuklash: Chrome, Opera, FireFox, App Store, Play Store

7. HideMe

HideMe barcha platformalarda, shu jumladan, ommalashmagan operatsion tizimlar va routerlarda ishlaydigan sodda va ishonchli VPN'dir. Ilova bepul versiyada ham ulanishni shifrlaydi, foydalanuvchilarga texnik yordam ko‘rsatadi va ulanish tezligini kamaytirmaydi.

Ammo cheklovlar ham mavjud: oyiga 10GB trafik, bir vaqtning o‘zida faqat bitta qurilmadan kirish va faqat beshta mamlakatda serverlar bilan ishlash. Aytish joizki, oqimli xizmatlar va torrentlar ham qo‘llab-quvvatlanadi.

Yuklash: App Store, Play Store, Microsoft Store

8. SurfEasy

SurfEasy — bu mintaqaviy cheklovlarni osongina chetlab o‘tishga yordam beradigan, smartfonlar va kompyuterlar uchun qulay bo‘lgan VPN xizmati. SurfEasy bepul akkaunt bilan bir vaqtning o‘zida beshta qurilmadan foydalanishga imkon beradi. Tezlik chegaralari yo‘q, lekin trafik cheklovi mavjud: oyiga atigi 500 MB.

Bundan tashqari, xizmat reklama kuzatuvchisini blokirovka qilishni va ulanish uchun serverlarning kengaytirilgan ro‘yxatini taqdim etadi, ammo ular faqat pulli obuna bilan mavjud.

Yuklash: Play Store

9. Avira Phantom VPN

Avira Phantom VPN xuddi shu nomdagi antivirusni yaratuvchilar tomonidan ishlab chiqilgan, internetdan anonim foydalanishni ta’minlash uchun mo‘ljallangan juda oddiy xizmat. Oyiga 500 MB bepul taqdim etiladi, ro‘yxatdan o‘tgandan keyin limit 1GBgacha ko‘tariladi.

Bundan tashqari, tekin versiya tarmoqdan favqulodda uzilish va DNS sizdirilishidan himoya qilish kabi funksiyalarga ega emas.

Yuklash: App Store, Play Store

10. Private Tunnel

Bitta akkaunt uchta qurilmada Private Tunnel bilan ishlashga imkon beradi. Tanlash uchun to‘qqizta server mavjud. Oyiga atigi 200 MB internet trafik taqdim etiladi. Agar limit tugagach, 20 yoki 100GB hajmdagi paketni sotib olishingiz mumkin.

Yuklash: App Store, Play Store

11. Cloudflare WARP

Taniqli DNS provayderi Cloudflare tomomidan yaratilgan ushbu bepul VPN Windows, macOS va mobil platformalarda ishlaydi. Trafik va tezlikda hech qanday cheklovlar yo‘q: 4K'gacha bo‘lgan onlayn videolarni osongina ko‘rishingiz, oqimli xizmat va torrentlardan foydalanishingiz mumkin.

Cloudflare WARP avtomatik ravishda eng yaxshi serverni tanlaydi. Mamlakatni ruchnoy belgilay olmaysiz va, xuddi shunday, manzilni o‘zgartira olmaysiz. Shunga qaramay, xizmat barcha turdagi blokirovkalarni osonlikcha chetlab o‘tadi. Agar sizga maxfiylik ahamiyatli bo‘lsa, Cloudflare WARP sizga mos keladi.

Yuklash: App Store, Play Store

O‘QING: EHTIYoT BO‘LING: bepul VPN’larning yarmidan ko‘pi xavfli ekanligi aniqlandi!