Kompyuter yo noutbukda WhatsApp ishlatasizmi? Xushxabar bor!

  •   DiMaX
  •  426
  •  04.03.2021 16:02

Kompyuter yo noutbukda WhatsApp ishlatasizmi? Xushxabar bor!

Dunyo bo‘yicha eng ommalashgan messenjer – WhatsApp jamoasi mazkur platformaning desktop kliyentini yangilashdi. Aksariyat foydalanuvchilar boshqa messenjerlarga o‘tib ketayotgan bugungi kunda ushbu apdeyt muhim ahamiyatga ega.

O‘QING: «Otning o‘limi – itning bayrami»: WhatsApp’ning yangi siyosatidan yutgan birgina Telegram emas!

Yangi versiyadagi desktop WhatsApp’ga qo‘shilgan ikkita muhim imkoniyat – ovozli hamda videoqo‘ng‘iroqlardir. Bu funksiyalar o‘tgan yilning kuzidan test qilib kelinayotgan edi, endi esa Windows 10 hamda macOS tizimli qurilmalar uchun barqaror versiyadagi dasturga tarqatila boshladi.

Dasturchilarning va’da qilishlaricha, ushbu ikki tur qo‘ng‘iroqlar ham mustahkam himoyalangan, ya’ni shifrlangan. Shu boisdan WhatsApp orqali ovozli suhbat yoki videodiydor payti kimdir kuzatayotganidan xavotir olmasangiz ham bo‘ladi.

Bulardan tashqari, desktop WhatsApp yanada qulaylashgan: endi ilova portret va albom rejimida (tegishlicha tikka va yotiq to‘rtburchak ko‘rinishlarida) ishlay oladi. Avtonom oyna holida esa uning o‘lchamlarini o‘zgartirish hamda boshqa barcha oynalardan yuqoriga qadab qo‘yish mumkin.

WhatsApp’ning kompyuter ilovasidan hozirda bir vaqtning o‘zida faqat bir nafar kontakt bilan ovozli muloqot yoki videosuhbat qurish mumkin. Kelajakda unga ham guruhli audiochat va videomuloqotlar qo‘shish rejalashtirilgan.

O‘QING: O‘n beshta messenjerni birlashtiruvchi ilova chiqdi: Telegram, Twitter, Skype – barchasi bittada!