Kompyuterda ishlovchilarga ko‘zni asrash uchun oltita oddiy maslahat

  •   DiMaX
  •  4165
  •  25.11.2019 11:32

Kompyuterda ishlovchilarga ko‘zni asrash uchun oltita oddiy maslahat

Bugungi kunda ko‘pchiligimizni tashvishga solayotgan muammolardan biri – kompyuter yoki noutbuk (sotib olish), planshet (xarid qilish) yoxud smartfon (sotib olish) ekranining ko‘zlarimiz nurini pasaytirishidir. Displeylarning salbiy ta’siridan himoyalanishning bir qator usullari bor va bugun shu masala bo‘yicha mutaxassislarning oltita maslahatini keltirib o‘tamiz.

O‘QING: Har qanday saytni «tungi rejim»ga o‘tkazuvchi kengaytma ko‘zingiz nurini asraydi

  1. «Uchta yigirma» qoidasi

G‘arbda ommalashgan «20x20x20» qoidasi bor: kompyuterda ishlayotib, har 20 daqiqada bir marta ekrandan ko‘zni uzish va kamida 20 soniya mobaynida 20 fut (6 metr) uzoqlikka qarash kerak. Mazkur ko‘z gimnastikasi ko‘zingiz charchashiga yo‘l qo‘ymaydi va nigohingizni susayishdan saqlaydi.

Hattoki ushbu qoidani eslatib turuvchi maxsus ilova ham ishlab chiqilgan. Protect Your Vision nomli mazkur dasturdan foydalanish uchun mana bu havola orqali o‘tasiz.

O‘QING: Ko‘zga zarar yetmasligi uchun ekranni qanday sozlash kerak?

  1. Displeyni to‘g‘ri joylashtirish ham muhim

Kompyuterning monitorini yoki noutbukning displeyini shunday joylashtiringki, u ko‘zingizdan 50-65 santimetr uzoqlikda tursin. Shuningdek, ko‘zlaringiz ekranning yuqori chekkasi bilan bir xil balandlikda bo‘lgani yaxshi. Eslab qoling: ekranning markazi ko‘zingizdan taxminan 17-20 daraja pastda turishi kerak.

  1. Eng maqbul yorqinlik

Displeyning yorqinligi xonaning yoritilish darajasiga muvofiq kelishi ham eng muhim omillardan biridir. Bunda bosh qoida shuki, monitor asosiy yorug‘lik manbai bo‘lmasligi shart. Shu tariqa, qorong‘ilikda ekranning yorqinligini minimum darajagacha pasaytiramiz, kuchli yoritilgan sharoitlarda esa aksincha – imkon qadar yorqin qilib qo‘yamiz.

O‘QING: Lochinko‘z bo‘lamiz: ko‘z nurini qanday qilib o‘tkir qilsa bo‘ladi?

  1. Matnning o‘lchami va rangi

Kompyuter foydalanuvchilari asosan matn bilan ishlaydi; demak – harflarning o‘lchamiga e’tibor qaratamiz. Buni aniqlash uchun avval ekrandan 45-70 santimetr uzoqlikka o‘tirib, shriftni tobora maydalashtirib boramiz. Shu masofada ko‘zingiz harflarni aniq farqlay oladigan o‘lchamni belgilab olamiz. Endi oddiy ishlashda shrift razmerini ushbu o‘lchamdan uch baravar yuqori qilib qo‘yamiz.

Shuningdek, ko‘zning salomatligi uchun matnning rangi ham muhim; eng maqbuli – oq fonda qora rangli matn. Lekin boshqa ranglarni ham qo‘llasa bo‘ladi, bunda eng muhimi – fon yorqin, matn esa to‘q tusli bo‘lishi shart.

  1. Ko‘z parvarishi

Muntazam tarzda monitor bilan ishlovchi kishilarning ko‘zlari doimiy zo‘riqishda bo‘ladi, shu bois ular ko‘z parvarishiga e’tibor berishlari darkor. Buning uchun maxsus kompyuter ko‘zoynaklari chiqqan – o‘shalardan foydalaning; shuningdek, zarurati bo‘lsa ko‘zlarni tinchlantiruvchi tomchilar qo‘llang.

O‘QING: Kompyuterda ishlash uchun ko‘zoynak qanday tanlanadi?

  1. Ranglarni rostlaymiz

Zamonaviy monitorlarda nafaqat displeyning yorqinligini, balki ranglarning to‘yinganlik darajasini ham qo‘lda sozlash imkoni taqdim etilgan. Atrofning yoritilganlik darajasiga qarab uni ham to‘g‘rilasangiz bo‘ladi.

Buning uchun ham F.lux nomli maxsus dastur ishlab chiqilgan, mana bu havola orqali o‘tib, uni yuklab olishingiz mumkin.

O‘QING: Pomy – kompyuterda ishlashda ko‘zingizni asrovchi bepul dastur

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.