Kompyuteringizdan ortiqcha dasturlarsiz Wi-Fi tarqatishni bilasizmi?

Kompyuteringizdan ortiqcha dasturlarsiz Wi-Fi tarqatishni bilasizmi?

Ko‘pchilik noutbuk foydalanuvchilari tabiiyki o‘z kompyuterlari orqali(internetga ulangan bo‘lsa) Wi-Fi tarqatishga to‘g‘ri keladigan vaziyatga tushib qolishlari mumkin. Xo‘sh, bunday holda nima qilinadi? Bir qancha odamlar birdan internetdan Wi-Fi tarqatadigan dasturlarni(odatda bunday dasturlar tekin bo‘ladi) yuklab olishadi va undan foydalanishadi. To‘g‘ri, ular ham  tabiiyki kompyuteringizdan Wi-Fi tarqatib beradi, ammo tekin dastur bo‘lganligi sababli turli hil reklamalar, e’lonlar chiqa boshlaydi. Hatto kompyuteringiz ish unimdorligiga ham salbiy ta’sir ko‘rsata boshlaydi.

O‘QING: Wi-Fi tarmog‘ida xavfsizlikni ta’minlash uchun 5 maslahat

Biz sizlarga yordamchi dasturlarsiz Wi-Fi tarqatishni o‘rgatamiz. Buning uchun quyidagi ketma-ketlikdagi qadamlarni bajarish talab etiladi.

Birinchi qadam. Noutbukingizdan Vipolnit (Win+R) oynasida cmd buyrug‘ini yozgan holda, buyruqlar satri (Komandnaya stroka)ni ochasiz.

Ikkinchi qadam. Konsol ekranga kiritishimiz kerak bo‘lgan kodimiz quyidagicha bo‘ladi:

netsh wlan set hostednetwork mode=allow ssid=wi fi nomi key=wi fi paroli

Enter tugmasini bosib quyidagini yozamiz:

netsh wlan start hostednetwork

Shunday qilib noutbukingizda Wi-Fi yondi. Endi internetingizdan boshqalar ham foydalansa bo‘ladi!

Uchinchi qadam: Wi-Fi ni o‘chirish uchun esa netsh wlan stop hostednetwork kodini konsol ekranga kiritishimiz kerak.

O‘QING: Windows 10’ning navbatdagi yangilanishi iPhone egalariga ham muammolar olib keldi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!