Kompyuterni tezlashtirish uchun tezkor xotirani oson tozalaymiz

  •   DiMaX
  •  2403
  •  03.12.2019 12:53

Kompyuterni tezlashtirish uchun tezkor xotirani oson tozalaymiz

Ba’zan kompyuter yoki noutbukingiz ishlashi qiyinlashib qolganini payqaysiz. Bunda uning tezkor xotirasiga katta yuklama tushayotgan bo‘ladi va uni tozalab turish darkor.

O‘QING: Qanday qilib Windows'ni keraksiz ma’lumotlardan tozalash mumkin: 5 bepul vosita

Tezkor xotirani tozalovchi dasturlardan biri CleanMem bo‘lib, uni mana bu havola orqali yuklab olishingiz mumkin. Xotirani keraksiz jarayonlardan tozalab turuvchi bu ilovani ishlatish juda oson, tag‘in reklamalar bilan joningizga tegmaydi ham.

CleanMem’ni kompyuterga o‘rnatib olgach, bir marta sozlab qo‘ysangiz bo‘ldi:

Ekranning pastki chap burchagida – treyda, soat yonida CleanMem’ning belgisi ko‘rinib turadi, unga sichqonchani olib borsangiz, tezkor xotiraning bandlik holatini aks ettiradi:

Dastur belgichasiga sichqonchaning o‘ng burchagi bilan chertib, ochilgan menyuchada «Clean Memory Now» bandini bossangiz, tezkor xotirani tozalaydi. Shuningdek, uni ma’lum bir vaqt oralig‘ida xotirani avtomatik tozalaydigan qilib sozlab qo‘ysangiz yanada yaxshi – har gal ovora bo‘lib o‘tirmaysiz.

O‘QING: Kompyuterda ishlovchilarga ko‘zni asrash uchun oltita oddiy maslahat

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!