Kontakt linzalaridagi videokamera

  •   DiMaX
  •  906
  •  14.02.2017 12:25

Kontakt linzalaridagi videokamera

Yaqin-yaqinlargacha kontakt linzalaridan maqsad ko‘rish qobiliyatini yaxshilashdan iborat edi. Ammo o‘tgan yilning aprel oyida Sony kompaniyasi hayratomuz ishga qo‘l urdi, deb yozadi Hilol sayti.

Xabarga ko‘ra, videotasvirga olish imkoniyatiga ega bo‘lgan kontakt linzalariga patentni birinchilardan bo‘lib Sony kompaniyasi qo‘lga kiritdi.

Linzalarda shunday sensorlar mavjudki, ular ixtiyoriy va ixtiyorsiz amalga oshirilgan ko‘z harakatlarini aniqlay oladi, ixtiyoriy ko‘z harakati linzani ishga tushiradi. Shu tariqa videoga olish boshlanadi.

Tasvirga olish va uni xotirada saqlash texnologiyasi ko‘z qorachig‘i atrofida joylashadi. Ko‘zning ochilib-yumilishi bir vaqtning o‘zida linzalarni quvvat bilan ta’minlaydi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!