Ko‘pchilik kutayotgan smartfon xalqaro bozorga sotuvga chiqmoqda

Ko‘pchilik kutayotgan smartfon xalqaro bozorga sotuvga chiqmoqda

Xiaomi Redmi Note 12 Pro+ modelining xalqaro bozorga 5 yanvar sanasida sotuvga chiqishi rasman ma’lum bo‘ldi. Bu Redmi smartfonlari orasida birinchi 200MP kameraga ega bo‘lgan smartfon bo‘lsa, Xiaomi kompaniyasining umumiy qurilmani ichida Xiaomi 12T Pro modelidan so‘ng ikkinchi bo‘ldi. 

O‘tgan haftada Xiaomi tez kunlarda Hindiston bozoriga Redmi Note 12 seriyasi kirib kelishini e’lon qilingan edi. Ammo unda aniq bir sana aytilmagan edi. Shuningdek, unda qaysi modellar sotuvga chiqishi ham aytilmagan.

Xalqaro bozorga katta ehtimol bilan Redmi Note 12, Note 12 Pro va Note 12 Pro+ modellari sotuvga chiqadi. Seriyada 210 vattda quvvat oluvchi Redmi Note 12 Discovery modeli ham bor. Afsuski, ushbu model faqat Xitoy bozori uchun eksklyuziv bo‘lib qolishi mumkin. 

Redmi Note seriyalari Xiaomi kompaniyasi uchun juda katta muvaffaqiyatlarni olib kelishi isbotlangan. Kompaniya ushbu modellardan 300 million dona sotgan. Hozircha Redmi Note 12 modellarining xalqaro bozorga qanday narxda sotuvga chiqishi noma’lum. 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Redmi Note 11 seriyasi xalqaro bozor uchun 26 yanvarda taqdim etilgan edi. Undagi Redmi Note 11 modeli 180 dollar, Note 11S modeli 250 dollar, fevral oyi o‘rtasida taqdim etilgan Redmi Note 11 Pro hamda Note 11 Pro 5G modellari mos ravishda 300 va 330 dollar narxda sotuvga qo‘yilgan edi. 

O‘QING: Rasman: Xiaomi 13 va 13 Pro modellari taqdim etildi 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!