Ko‘plab shov-shuvlarga sabab bo‘lgan Nothing phone (1) rasman taqdim etildi

Ko‘plab shov-shuvlarga sabab bo‘lgan Nothing phone (1) rasman taqdim etildi

Nothing kompaniyasi o‘tgan bir necha hafta davomida o‘zining birinchi smartfoni haqida qisqacha ma’lumotlarni taqdim etib kelayotgan edi. Kecha smartfon rasman taqdim etildi.

Smartfon korpusi qayta ishlagan alyuminiydan yasalgan. Unga 1080x2400 rezolyutsiyadsgi 6.55 dyuymli OLED displeyi o‘rnatilgan bo‘lib, u 120 gerts ekran yangilanish chastotasi va 240 gerts sensorli namuna olish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi. Displeyning maksimal yorqinlik darajasi 1200 nitga teng bo‘lib, tashqi tomondan uni Gorilla Glass 5 shishasi himoyalab turadi. 

Qurilma Snapdragon 778G+ chipida ishlaydi. Orqa paneldan Sony IMX766 sensoriga ega bo‘lgan f/1.8 diafragmadagi 50MP asosiy kamera hamda Samsung GN1 sensoriga ega bo‘lgan f/2.2 diafragmadagi 50MP ultrakeng kamera o‘rin olgan. Old tomonda Sony IMX471 sensorli 16MP selfi kamera joylashgan. 

Barmoq izi skaneri ekran ostidan o‘rin olgan. Nothing skaner optik yoki ultra tovushli ekanligiga oydinlik kiritmadi. Katta ehtimol bilan qurilmaga optik barmoq izi skaneri o‘rnatilgan. Smartfon Android 12 operatsion tizimiga asoslangan Nothing OS qobig‘ida ishlaydi. Qobiq operatsion tizimni juda ham o‘zgartirib yubormagan. Foydalanuvchi xuddi sof Android tizimidan foydalanilganini his etishi mumkin. Kompaniya smartfonni uch yillik Android yangilanishlari hamda to‘rt yillik xavfsizlik yangilanishlari bilan ta’minlanaydi. Havfsizlik yangilanishi har ikki oyda jo‘natiladi. 

Qurilmadagi 4,500 mAs sig‘imli akkumulyator 33 vatt quvvlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, smartfon 15 vattda sizmsiz zaryadlanishi hamda o‘zida 5 vatt tezlikda quvvat berishi mumkin. 

Gadjet IP53 standartiga ega. Qurilma qutisida quvvatlash adapteri bo‘lmaydi. Kompaniya 45 vattlik quvvatlash adapterini 35 yevro narxda sotuvga chiqaradi.

Smartfonning noyob jihati shundaki, uning orqa paneli shaffof dizaynda yaratilgan hamda u yerdan LED chiroqlari o‘rin olgan. LED chiroqlar ma’lum bir ma’lumotni ko‘rsatib turish vazifasini bajaradi. Misol uchun, qurilma quvvat olayotgan vaqtda LED chirog‘i bu haqida ma’lumot berib turadi. Bundan tashqari, qurilma o‘zidan quvvat berganda, shuningdek, kameradan foydalanilganda ham orqa paneldagi chiroqlar bu to‘grisida xabar beradi. LED chiroqlar qo‘ng‘iroq ovozlari uchun ham sinxronlashtirilgan. 

Smartfonning narxi quyidagicha:

8/128GB - 469 yevro

8/256GB - 499 yevro

12/256GB - 549 yevro

Qurilma 21 iyuldan rasman sotuvga chiqadi. 

O‘QING: Snapdragon 8+ Gen1 chipli ikkita o‘yinbop smartfon taqdim etildi 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!