Koreyalik xakerlar kanadalik dasturchi yordamida AQSh hukumatidan va tashkilotlardan pul o‘marishgan

  •   DiMaX
  •  1028
  •  26.02.2021 09:00

Koreyalik xakerlar kanadalik dasturchi yordamida AQSh hukumatidan va tashkilotlardan pul o‘marishgan

Galeb Olomari ismli kanadalik dasturchi Shimoliy Koreyada faoliyat yurituvchi xakerlar bilan jinoiy til biriktirib, dunyo bo‘yicha bir qancha banklardan qariyb 1,3 milliard dollar o‘g‘irlanishida yaqindan yordam bergan. Bu haqida «Yangi O‘zbekiston» gazetasi internet-nashri yozmoqda.

O‘QING: YouTube’dan ilhomlangan 11 yoshli xaker hikoyasi

Tergov hujjatlarida qayd etilishicha, Olomari kiber hujumlar natijasida o‘g‘irlangan pullarni yuvish bilan shug‘ullangan. Jabrlanganlar orasida Hollivud kinostudiyalaridan tortib AQSh hukumatigacha bor.

«Olomari aybiga iqror bo‘lgan va sodir etgan qilmishi uchun sud tomonidan tayinlanadigan jazoga tayyor» ekanini ma’lum qilgan.

Qayd etish kerak, Shimoliy koreyalik xakerlar WannaCry virusidan foydalangan holda AQSh hududidagi moliya muassasalari va kompaniyalarga kiber hujumlar uyushtirib, ularning hisob raqamlaridan jami 1,3 mlrd dollar yechib olishga muvaffaq bo‘lgan.

Bu ishni amalga oshirgan dasturchilar Jon Chan Xek, Kim Ir va Pak Chin Xek Shimoliy Koreya xavfsizlik xizmati bilan hamkorlik qilgani aytilmoqda. Ular Qo‘shma Shtatlardan tashqari, Vetnam, Bangladesh, Tayvan, Meksika, Malta va Afrika davlatlaridagi banklardan ham mablag‘larni va mijozlarning shaxsiy ma’lumotlarini o‘g‘irlashgan.

O‘QING: WannaCry zarar yetkazgan davlatlar xaritasida O‘zbekiston ham bor

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!