«Ko‘rinmas» selfi-kamerali smartfon o‘zini oqlamadi

  •   DiMaX
  •  1454
  •  22.12.2020 16:07

«Ko‘rinmas» selfi-kamerali smartfon o‘zini oqlamadi

Sentyabr boshida ZTE kompaniyasi ekranosti kamerali ilk tijoriy smartfon – Axon 20 5G modelini taqdim etgan edi. Lekin uning hali sotuvga chiqmasidanoq tarqalgan «jonli» suratlari hafsalani pir qilgan. Endi esa The Verge nashri jurnalisti ham uni sinab ko‘rib, fikrini e’lon qildi, deb yozadi Daryo.

O‘QING: Yashirin selfi-kamerali ilk smartfon savdoga chiqiboq rekord o‘rnatdi

Ishlab chiqaruvchi 32 megapikselli datchikni displey ostiga yashirish uchun organik va noorganik plyonkadan iborat yuqori shaffoflikka ega materialni ishlatgan. Shuningdek, smartfonga tasvirni qayta ishlovchi optimallashtirilgan algoritmlar o‘rnatilgani haqida ham aytilgan edi.

Yaqin vaqtlargacha kamerasi ekran ostida joylashgan ilk smartfon «jumboq»ligicha qolib kelayotgan edi, chunki hali biror-bir foydalanuvchi uning ustidagi tajribasini bo‘lishmagandi. The Verge muallifi yangi qurilmani sinovdan o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi: Axon 20 5G smartfonini haqiqatda olamshumul deb atashga hali erta. Suratlar chaplangan va yorqin bo‘lib qolmoqda, uni zamonaviy qurilmalar yordamida olingan suratlar bilan taqqoslab bo‘lmaydi.

O‘QING: Maxfiy kamerali ikkinchi smartfonni umuman kutilmagan kompaniya taqdim etdi! (+video)

Bundan tashqari, displey ostida yashiringan kamerani umuman sezilmaydigan deb bo‘lmaydi — yorqin ekran va «zastavka»da u ko‘zga tashlanadi.

Muallifning so‘zlariga ko‘ra, ZTE bozorga bu kabi smartfonni chiqarganining o‘zi muhim hodisa hisoblanadi, biroq u aslida kim uchun mo‘ljallangani tushunarsiz. Displey ostidagi selfi-kamera odatdagi smartfonlardan ko‘ra ko‘proq odamni chalg‘itadi — texnologiya hali xom. Shu bilan birga, 499 dollar turadigan smartfonning ishlashi yomon emas. Shu sababli paradoks yuzaga keladi: Axon 20 5G uning «asosiy» jihatiga e’tibor qaratmaydigan auditoriya uchun jozibador bo‘lishi mumkin.

O‘QING: Yashirin selfi-kamerali uchinchi smartfonni yaponlar chiqarishdi: IP68 himoyali va NFC chipli!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.