Koronavirus Apple'ga ham ta’sir qilishi mumkin

Koronavirus Apple'ga ham ta’sir qilishi mumkin

Xitoyda yuzaga kelgan koronavirus bilan bog‘liq vaziyat Apple'ning ishlab chiqarish liniyasi faoliyatiga ham aks ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

«Uxan virusi» deb ham atalayotgan epidemiya, ayniqsa, yangi iPhone 9 (yoki SE 2) va AirPods ishlab chiqarilishiga ta’sir qilishi mumkin. 

Nikkei Asian Review ma’lumotiga ko‘ra, virus Henan provinsiyasiga qo‘shni va Guandongga yaqin bo‘lgan Hubeiga ham tarqalgan. Henan va Guandongda Apple'ning aksariyat mahsulotlari ishlab chiqariladi.Xitoy hukumati virus tarqalgan shaharlardagilarni ishga bormaslikka chaqirmoqda va butun Uxan shahrida karantin holatini e’lon qildi. 

Insayderlarning aytishicha, AirPods (ham ikkinchi avlod, ham Pro) lar ham virus kasriga qolishi mumkin. 

Apple iPhone 9'ni fevral oyida ishlab chiqarib, mart oyida taqdim qilishni va sotuvga chiqarishni rejalashtirilmoqda.

Kompaniyada ikki tomonlama ta’minot tizimi mavjud. Bu bilan bir zavoddagi muammo boshqa bir zavoddagi ishlab chiqarishga unchalik ham ta’sir qilmaydi. 

Shuning uchun, iPhone 9 o‘z vaqtida namoyish qilinishini kutsak bo‘ladi. Vaholanki, virus sabab avvaliga uni sotib olishda muammolar bo‘lishi ehtimoli bor.

O‘QING: Xiaomi’ning barcha do‘konlari yopilyapti – vaziyat o‘ta jiddiy!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!