Koronavirus Apple’ga yordam berdi: uning qiymati oshib, tarixiy maksimumga yetdi!

  •   DiMaX
  •  823
  •  06.06.2020 17:40

Koronavirus Apple’ga yordam berdi: uning qiymati oshib, tarixiy maksimumga yetdi!

Apple aksiyalari bu yilning yanvaridan mart oyigacha pasayib, 328 dollardan to 212 dollargacha tushgan edi. Bugungi kunga kelib esa mazkur ko‘rsatkich 331,75 dollarga yetdi.

O‘QING: Eng qimmat kompaniyalar reytingi e’lon qilindi

Mydrivers nashri xabariga ko‘ra, 23 mart sanasigacha pasayib kelgan Apple aksiyalari narxlari shundan keyin bir tekisda o‘sa boshlagan. Kuzatuvchilar bunga aynan koronavirus pandemiyasini sabab qilib ko‘rsatishmoqda. Ya’ni, dunyo bo‘ylab xodimlarning aksariyati masofadan ishlashga o‘tgan, shuningdek, ta’lim ham onlayn formatda olib borilmoqda. Bular esa noutbuk hamda planshetlarga bo‘lgan talabni oshirgan.

Shu tariqa, Apple kompaniyasining narxi hozir 1,43 trillion dollardan oshgan. Bundan tashqari, tahlilchilar yana bir jihatni ta’kidlashmoqda: koronavirus pandemiyasi endi industriyaga zarar yetkazmay qo‘ygan.

O‘QING: «Bill Geyts koronavirus bahonasida insoniyatni chiplashtirmoqchi» – bunga o‘zi nima deydi?