Koronavirus bo‘yicha yangi – 1105 raqamli Call-markaz tashkil etildi

  •   DiMaX
  •  1338
  •  10.07.2020 12:38

Koronavirus bo‘yicha yangi – 1105 raqamli Call-markaz tashkil etildi

Bugun jahon hamjamiyati uchun jiddiy muammoga aylangan koronavirus (COVID-19) pandemiyasiga qarshi mamlakatimizda qat’iy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. AKT vazirligi shulardan navbatdagisi haqida xabar bermoqda.

O‘QING: Speedtest.net servisi: O‘zbekistonda internet tezligi iyun oyida jahondagidan ko‘proq ko‘tarildi

Koronavirusdan uyda davolanayotganlar uchun Call-center va mobil guruhlar tashkil etilishi haqida yozgan edik. Respublikamizda koronavirusga qarshi karantin choralarni amalga oshirish doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligi tomonidan mana shu yo‘nalishdagi 1105 raqamli Call-markaz faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Uzluksiz – kuniga 24 soat mobaynida ishlaydigan mazkur xizmat COVID-19 kasalligidan davolanayotgan va uy sharoitida karantinga olingan yurtdoshlarimizni alohida tibbiy axborot bilan ta’minlash, ular haqida ma’lumotni o‘rganib turish uchun tashkil etildi.

Mazkur Call-markaz faoliyati uy va shifoxona sharoitida koronavirus kasalligidan davolanayotgan hamda uy karantiniga olingan yurtdoshlarimiz, ularning yaqinlari va oila a’zolariga tezkor hamda aniq axborot ko‘magini berish, ular bilan axborot almashinishga qaratilgan.

Abonentlar barcha telefon aloqalari orqali mazkur raqamga murojaat qilishlari va kerakli ma’lumotlarni olishlari mumkin.

O‘QING: Bill Geyts hali koronavirus pandemiyasi boshlanmasidanoq oziq-ovqat g‘amlab qo‘ygan ekan!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!