Koronavirus epidemiyasini Bill Geyts bundan 5 yil avval bashorat qilgan! (2 ta video)

  •   DiMaX
  •  4204
  •  23.03.2020 11:11

Koronavirus epidemiyasini Bill Geyts bundan 5 yil avval bashorat qilgan! (2 ta video)

Microsoft korporatsiyasi asoschisi Bill Geyts kelajakka oid bashoratlari bilan ham tanilgan. Jumladan, 2017 yilda u dunyoni bioterror xavfi kutayotganini aytgan edi.

O‘QING: Bill Geyts ilk elektrokarini sotib oldi – Tesla’nikidan to‘rt baravar qimmat! (+video)

Ma’lum bo‘lishicha, besh yil avval u koronavirus pandemiyasidan ham ogohlantirgan, ammo bunga hech kim jiddiy e’tibor qaratmagan ekan. Mana, quyidagi videolavha 2015 yilgi TED konferensiyasidan yozib olingan:

Bill Geyts so‘zlariga ko‘ra, insoniyat yadro qurollari uchun milliardlab dollar sarflaydi, ammo virus xavfiga ahamiyat bermaydi. Ebola epidemiyasi sog‘liqni saqlash tizimining nuqsonlarini ko‘rsatishi kerak edi, ammo u havo orqali tarqala olmsligi bois ma’lum bir hududdan tashqariga deyarli chiqmdi, deydi u.

O‘QING: Bill Geyts epidemiyalarga qarshi vaksina yaratadigan jamg‘armaga asos soldi

Microsoft asoschisi boshqa chiqishlarida ham yangi epidemiyalar xavfi borligini aytib o‘tgan ekan:

Koronavirus xastaligi esa, Geyts ta’kidlaganidek, havo orqali tarqaladi, u kam o‘rganilgan, unga qarshi vaksina yoki davolovchi samarali vosita topilmayapti.

Eslatib o‘tamiz, Bill Geyts hozirda Microsoft rahbarligidan ketgan – u o‘zini butkul xayriya ishlariga bag‘ishlagan. Jumladan, koronavirusga qarshi kurash uchun u allaqachon 100 million dollar xayriya qilgan.

O‘QING: Bill Geyts nega bu qizga naq 37 kilogramm sovg‘a jo‘natdi? (+video)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.