Koronavirus haqida yozib kelayotgan blogerlar izsiz g‘oyib bo‘ldi

  •   DiMaX
  •  730
  •  28.04.2020 09:40

Koronavirus haqida yozib kelayotgan blogerlar izsiz g‘oyib bo‘ldi

Xitoyda koronavirus pandemiyasiga aloqador maxfiy xabarlarni yozib borayotgan 3 nafar bloger 19 apreldan buyon izsiz g‘oyib bo‘ldi. Bu haqda Sof.uz nashri yozmoqda.

O‘QING: Onlayn darslarni buzgani uchun YouTube-bloger ustidan jinoiy ish ochildi

G‘oyib bo‘lganlardan birining qarindoshi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, blogerlar yo‘qolib qolishlaridan avval Xitoy politsiyasi tomonidan so‘roq qilingan.

Blogerlar tarafidan ishlatilgan Terminus2049​ nomli saytda, Xitoy hukumati tomonidan senzuraga uchragan, bloklangan yoki o‘chirilgan xabarlar boshqatdan e’lon qilinib borilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, ijtimoiy tarmoqlarda koronavirus haqida yolg‘on ma’lumot tarqatgani uchun surxondaryolik yurtdoshimiz jarimaga tortilgan, qashqadaryolik foydalanuvchiga esa ma’muriy qamoq jazosi qo‘llangan edi. Qo‘qon shahrida esa Telegram’da koronavirus haqida yolg‘on tarqatgan deputatga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

O‘QING: Internetda qanday qilib to‘g‘ri va xavfsiz so‘kinish mumkin? Roskomnadzor buni misoli bilan ko‘rsatib berdi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!