Koronavirus haqidagi qanday videolarni YouTube taqiqlagan?

  •   DiMaX
  •  483
  •  23.05.2020 17:30

Koronavirus haqidagi qanday videolarni YouTube taqiqlagan?

YouTube rasmiy axborot manbalari — Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va mahalliy sog‘liqni saqlash idoralarining koronavirus to‘g‘risidagi xabarlariga zid bo‘lgan ma’lumotlar aks etgan materiallarni joylashni taqiqladi. Bu to‘g‘rida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rasmiy kanali xabar bermoqda.

O‘QING: Onlayn darslarni buzgani uchun YouTube-bloger ustidan jinoiy ish ochildi

Demak, koronavirus mavzusi bo‘yicha YouTube videoxostingida quyidagi mazmunlardagi materiallar taqiqlangan:

  • muayyan millat yoki irq odamlari COVID-19 ga qarshi immunitetga ega ekanligi to‘g‘risida;
  • xalq tabobati bilan davolanishga va kasal bo‘lganda tibbiy yordam so‘ramaslikka oid chaqiriqlar;
  • nafas siqilishi — organizmda koronavirus borligining ishonchli alomati ekani to‘g‘risida;
  • koronavirus yuqtirish ehtimoli tufayli Osiyo taomlarini tanovul qilmaslik haqida;
  • COVID-19 kasalligi 5G tarmog‘i orqali tarqalishdan kelib chiqqani to‘g‘risida;
  • kasallik issiq iqlimli mamlakatlarda tarqamasligi haqida;
  • ijtimoiy masofa va izolyasiyalanish virus tarqalishini to‘xtatish bo‘yicha samarali vosita emasligi to‘g‘risidagi videolar.

Shu o‘rinda eslatib o‘tamiz: YouTube saytida har kim ham o‘z kanalini ochishi mumkin va buning eng oson yo‘li to‘g‘risida biz batafsil yo‘riqnoma ham e’lon qilganmiz.

O‘QING: Endi siz ham koronavirus tufayli YouTube’da pul ishlab olishingiz mumkin!