Koronavirus hattoki Mortal Kombat’ga ham yetib keldi! (video)

  •   DiMaX
  •  1240
  •  02.04.2020 18:39

Koronavirus hattoki Mortal Kombat’ga ham yetib keldi! (video)

Garchi insoniyat hozir koronavirus pandemiyasidan aziyat chekayotgan bo‘lsa-da, bu mavzuda hazil qilayotgan, mem va kulgili lavhalar tayyorlayotganlar bor. Rassom-animator Aleksey Yurevich esa bu masalaga yangicha yondashgan.

O‘QING: Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti: «Koronavirusdan saqlanish uchun kiber-o‘yinlar o‘ynang!»

Yurevich ozroq fantaziyasiga erk berib, Mortal Kombat klassik o‘yinidagi harakatlar koronavirus pandemiyasi davrida qanday kechishi mumkinligini tasavvur qilgan. Buni kompyuterda jonlantirib, “Mortal Kovid-19” geympleyini internetga chiqargan.

Olishuv paytida Lyu Kan yo‘talib yuborsa, hamma qo‘rqib ketadi. Boshqa jangchilar u bilan birga metroda yurishdan qochishadi, Shao Kan esa raqibining ustidan Skype orqali kuladi.

Oxir-oqibatda karantin sababli turnir umuman bekor qilinadi. Kasallik manbasidan qutulish uchun Lyu Kanga tashlanishadi. Lekin baribir Shao Kanda ham xastalanish alomatlari seziladi.

O‘QING: «Pole Chudes» boshlovchisi Mortal Kombat’da: ikkita kulgigi video

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.