Koronavirus sababli ilk bor messenjer orqali sud o‘tkazildi

  •   DiMaX
  •  337
  •  01.04.2020 16:26

Koronavirus sababli ilk bor messenjer orqali sud o‘tkazildi

Dunyo bo‘ylab tarqalayotgan koronavirus infeksiyasi tufayli ko‘plab muassasalar o‘z faoliyatini to‘xtatib turibdi, yoki masofadan ishlashga o‘tgan. Bunaqa vaziyatda turli ilovalarning katta yordami tegmoqda.

O‘QING: Karantin davrida bu ilovalar bir yarim baravarga ommalashdi!

Rossiya tarixida ilk bor sud ishi WhatsApp yordamida videoqo‘ng‘iroq qilish orqali ko‘rib chiqildi, deb yozadi TASS. Bu xususda jurnalistlarga huquqni muhofaza etuvchi «Agora» tashkiloti rahbari Pavel Chikov xabar bergan. Mazkur muassasa advokatlari ushbu sud ishida tomonlardan biriga huquqiy ko‘mak ko‘rsatishgan.

«Sverdlovsk oblasti Nevyansk shahar sudi ma’muriy huquqbuzarlik bo‘yicha ishni WhatsApp orqali videoqo‘ng‘iroq yordamida ko‘rib chiqdi. Mazkur ish karantin paytida qoidaga xilof ravishda kafeni ishlatib qo‘ygan mahalliy tadbirkorga nisbatan ochilgan edi. Jazo sifatida sud mazkur kafe faoliyatini 45 kunlik muddatga taqiqlab qo‘ydi», – deydi Chikov.

Aytib o‘tamiz, ijtimoiy tarmoqlarda koronavirus haqida yolg‘on ma’lumot tarqatgani uchun surxondaryolik yurtdoshimiz jarimaga tortilgan, qashqadaryolik foydalanuvchiga esa ma’muriy qamoq jazosi qo‘llangan edi. Qo‘qon shahrida esa Telegram’da koronavirus haqida yolg‘on tarqatgan deputatga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

O‘QING: Antiqa reyting: koronavirusdan kim ko‘proq daromad ko‘rdi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.