Koronavirus tufayli AliExpress xaridorlarni ogohlantirmoqda

  •   DiMaX
  •  2717
  •  01.02.2020 14:00

Koronavirus tufayli AliExpress xaridorlarni ogohlantirmoqda

Xitoyda koronavirus sababli ommaviy tadbirlar to‘xtatilgan, «Xitoycha Apple» ham Xiaomi Mi 10 smartfonlarining to‘laqonli taqdimotini bekor qilgan. Bundan tashqari, mazkur kompaniya o‘z yurtidagi do‘konlarini ham yopib qo‘ygan, yana Apple va Google’ning ham do‘kon va ofislari yopilgan.

O‘QING: Xiaomi’ning koronavirusga qarshi tovari tufayli uning o‘z sayti ishdan chiqdi!

Shu munosabat bilan, AliExpress onlayn savdo maydonchasi ham buyurtmalarni yetkazib berishda kechikishlar bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi. Bundan tashqari, undagi sotuvchilarning o‘zlari xaridorlardan allaqachon pulini to‘lab qo‘ygan xaridlarini ham bekor qilishlarini so‘rashmoqda; bunda to‘langan pullar to‘liq qaytariladi.

Joriy yilda 27 yanvarga to‘g‘ri kelgan «Kiberdushanba» xalqaro arzonlatib sotish aksiyasi doirasida xaridorlar rasmiylashtirgan buyurtmalardan ham voz kechishlarini sotuvchilar so‘rashmoqda.

«Yangicha koronavirus tarqalishi tufayli ko‘plab xodimlar grafik bo‘yicha o‘z ishlariga qayta olmayaptilar. Shunday ekan, biz yetkazib beruvchilardan tovarlarni o‘z vaqtida ola bilmayapmiz. Umid qilamizki, siz buyurtmani bekor qilish bilan bizga ko‘maklasha olasiz. Bekor qilayotib, sababini ko‘rsatishda «boshqa sabablar»ni belgilasangiz, biz zudlik bilan pullarning qaytarilishini tashkillashtiramiz», – deyiladi murojaatda.

O‘QING: Koronavirus vahimasi: AliExpress’dan keladigan tovarlar qanchalik xavfli?

Xitoycha Yangi yil munosabati bilan ta’tillar 10 fevralgacha cho‘zilgani munosabati bilan, 20 yanvardan keyin joylashtirilgan ayrim buyurtmalar biroz kechikib ko‘rib chiqilishi mumkin.

«Xaridorlar murojaat etgan taqdirda, buyurtma bekor qilinganidan keyingina pullar qaytariladi», – deyishadi AliExpress vakillari.

Onlayn savdo maydonchasi buyurtmalar miqdorini va kechikayotgan tovarlar qachon yetkazib berilishini hozircha aytishmagan. Lekin epidemiyaning tobora kuchayib borayotganini hisobga olsak, ular ancha kechikishi yoki hatto umuman jo‘natilmay qo‘yilishi ham ehtimoldan xoli emas.

O‘QING: Koronavirus qayerda qanchalik tarqalmoqda? Buni ko‘rsatuvchi onlayn servis ishga tushdi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!