Koronavirus tufayli O‘zbekistonda yana beshta ommabop telekanal ochiq rejimda tarqatiladi

  •   DiMaX
  •  4386
  •  26.03.2020 18:26

Koronavirus tufayli O‘zbekistonda yana beshta ommabop telekanal ochiq rejimda tarqatiladi

Yurtimizda aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va xavfsizligini ta’minlash, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishga jiddiy kirishilgan. Bu borada mutasaddi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda tashkilotlarning muvofiqlashtirilgan faoliyatini tashkil etish, fuqarolarning hayoti va sog‘ligini muhofaza qilish maqsadida, bir qator chora-tadbirlar belgilanmoqda.

O‘QING: Karantin davrida internet va telefon bilan bog‘liq savollarga AKT Vazirligi javob berdi

O‘zbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish hamda bundan aholiga, korxonalarga va tadbirkorlik sub’yektlariga salbiy ta’sirni kamaytirish bo‘yicha ham hukumat darajasida qator choralar ko‘rilmoqda. Bu boradagi yana bir qulaylik haqida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Axborot xizmati xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, karantin sharoitida uyda yoki izolyasiyada bo‘lganlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida Axborot faoliyati va ma’lumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi topshirig‘iga muvofiq, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqaror holatga kelgunga qadar «Indiyskoye kino», «Dom Kino», «Disney», «Euronews» va «Discovery channel» telekanallari ochiq rejimda tarqatiladi.

Agar ushbu telekanallar Sizning qurilmangiz ro‘yxatida mavjud bo‘lmasa, qurilmangizdagi «avtoqidiruv» funksiyasidan foydalanishingiz mumkin, deyiladi AKT vazirligi xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Beeline aloqa operatori 18 martdan boshlab abonentlariga qator yangiliklar saytlarini bepul qilgan, keyin esa Mobiuz (sobiq Universal Mobile SystemsUMS) ham o‘z abonentlariga shunday imkoniyatni taqdim etgan edi. Shuningdek, Ucell ham koronavirus epidemiyasiga qarshi kurashga hissa qo‘shish uchun ta’lim va axborot saytlarini narxlashsiz taqdim etishini e’lon qildi. Keyinroq «O‘zbektelekom» aksionerlik kompaniyasi ham o‘zining simli internet (Uzonline) va mobil aloqa (Uzmobile filiali) abonentlari uchun yengilliklar taqdim etdi.

O‘QING: Internet ikki oy tekin bo‘ladimi? «O‘zbektelekom» aniqlik kiritdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!