Koronavirus uchun Xitoyga qarshi qasos sifatida TikTok’ni bloklashmoqchi!

  •   DiMaX
  •  871
  •  10.07.2020 13:47

Koronavirus uchun Xitoyga qarshi qasos sifatida TikTok’ni bloklashmoqchi!

Yoshlar orasida juda ommalashib borayotgan TikTok yaqinda foydalanuvchilar eng ko‘p pul sarflayotgan ilovalar reytingida kuchli uchlikka kirgan. Lekin bu holat AQSh rahbariyatiga uncha yoqmayapti...

O‘QING: TikTok sizning qaysi ma’lumotlaringizni yig‘ayotganidan xabaringiz bormi o‘zi?

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo (Mike Pompeo) bayonotiga ko‘ra, mamlakatda TikTok’ni taqiqlash masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Bunga sabab sifatida esa u ilovaning shaxsiy ma’lumotlarning maxfiyligi hamda milliy xavfsizlik masalalariga daxl etganini ko‘rsatgan.

Endi esa bu mavzuda shaxsan Donald Tramp ham gap ochdi, lekin bu gal gap xavfsizlikda emas. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, TikTok ban qilinishi – xuddi Huawei kompaniyasi bilan bog‘lik holat singari, Xitoyga jazo tariqasida qo‘llaniladigan choradir.

O‘QING: TikTok haqida 10 statistika

«Qaranglar, Xitoy va bu virus nimalar qilib tashladi, bu bilan ular mamlakatga va butun dunyoga zarar yetkazganlari – sharmandali holat», – degan Tramp. Yana uning qo‘shimcha qilishicha, TikTok’ni bloklash – koronavirus sababli Xitoyni jazolash maqsadida u ko‘rib chiqayotgan «ko‘plab varintlardan biri»dir.

TikTok’ning ehtimoliy taqiqlanish sababi bo‘yicha Pompeo va Trampning so‘zlari bir-biriga to‘g‘ri kelmayotganidan xulosa qiladigan bo‘lsak, bu dasturning o‘zi AQSh uchun hech qanday xavf tug‘dirmayapti. Shunchaki, ommabop ilovani juda yirik bozordan mahrum etish yo‘li bilan ular Xitoyga bosimni kuchaytirishmoqchi.

O‘QING: Google xitoyliklar uchun qasos oldi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.