Koronavirusda 5G’ni ayblayotgan fitnachilar ortida kim turibdi?

  •   DiMaX
  •  657
  •  10.04.2020 18:37

Koronavirusda 5G’ni ayblayotgan fitnachilar ortida kim turibdi?

Tobora rivojlanib borayotgan 5G texnologiyasining joriy etilishiga qarshi bo‘lganlar ham ko‘p. Biroq uning xavfi borasidagi tajriba kutilmagan natijani ko‘rsatgan. Shunga qaramasdan...

O‘QING: «Koronavirusga ham 5G aybdor!» – kishilar aloqa antennalarini yoqib, operator xodimlariga hujum qilishyapti

Ha, hattoki koronavirus infeksiyasining tarqalishiida ham 5G tarmog‘ini ayblovchilar bor va negadir keyingi kunlarda ular birdaniga urchib ketgan. Internetdagi dezinformatsion kampaniyalarni tadqiq qilishga ixtisoslashgan Nyu-York shahridagi Blackbird.AI kompaniyasidan ma’lum qilishlaricha, keyingi bir haftada ijtimoiy tarmoqlarda shu mazmundagi postlar haddan oshiq ko‘paygan.

Atigi bir sutka mobaynida Twitter hamda Reddit tarmoqlarida 5G hamda koronavirusni o‘zaro bog‘lab fitna qiluvchi ellik mingdan oshiq post e’lon qilingan. Tadqiqotchilarning so‘zlariga ko‘ra, bunday postlarning ko‘payish tezligi tabiiy o‘sish tezligidan ancha yuqori, bu esa ularning maxsus muvofiqlashtiriluvchi kampaniya doirasida botlar yordamida yozilayotganini anglatadi.

O‘QING: Telegram’da koronavirus haqida yolg‘on tarqatgan deputatga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qatardagi Hamad bin Xalifa universiteti tadqiqotchisi Mark Ouen Jons (Marc Owen Jones) ham Twitter tarmog‘idagi «5G» hamda «corona» yozuvli 22 000 tacha tvitni tahlil qilib chiqqan. Bunda ham katta miqdordagi akkauntlarning «notabiiy faollik»ka ega bo‘lganligi oydinlashgan. Bu faollikda esa davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi maxsus kampaniyalarning ayrim xususiyatlari namoyon bo‘lmoqda.

Afsuski, 5G va koronavirusni o‘zaro bog‘lab qilinayotgan dezinformatsiya kampaniyasi ortida kim turganini tadqiqotchilar aniqlay olishmagan, yoki bilishsa ham aytishmayapti.

Xabaringiz borki, Ucell uyali aloqa operatori O‘zbekistonda ilk bor 5G tarmog‘ini sinovdan o‘tkazgan va keyinroq amalda ishga tushirgan. Shuningdek, Uzmobile ham 5G texnologiyasini sinov tariqasida joriy etgan.

O‘QING: Koronavirusning «ovozi»ni yozib olishdi – klassik musiqaga o‘xshaydi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!