Koronavirusdan himoyalanish uchun smartfonni nima bilan va qanday tozalash kerak?

  •   DiMaX
  •  2118
  •  13.03.2020 13:01

Koronavirusdan himoyalanish uchun smartfonni nima bilan va qanday tozalash kerak?

Garchi O‘zbekistonga kirib kelmagan bo‘lsa-da, koronavirus pandemiyasi ko‘p mamlakatlarda jiddiy xavfga aylangan. Shu va boshqa viruslar, bakteriyalar kishiga ommaviy ishlatiladigan jihozlardan tashqari, turli gadjetlar orqali ham yuqishi mumkin.

O‘QING: Kompyuter, telefon va boshqa gadjetlarni tozalaymiz

Mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, smartfonlarni tozalash uchun 70% izopropil spirtini o‘zida saqlovchi antibakterial salfetkalardan foydalanish kerak. Smartfonsozlar bu maqsadda Clorox maxsus salfetkalarini tavsiya etishadi, lekin boshqalari ham bo‘laveradi.

Yodda tuting: spirt smartfonlar displeyidagi yog‘ yuqishidan saqlovchi oleofob qoplamaga salbiy ta’sir etishi mumkin. Ammo gadjetdan ko‘ra o‘zimizning va yaqinlarimizning salomatligi muhim-ku, to‘g‘rimi? Mazkur qoplamani zararlab qo‘ymaslik uchun ekranni artganda qattiq bosmaslik va barmoqlarni bir tekisda harakatlantirish tavsiya etiladi.

Avvalo, o‘zingiz gigiyenaga qat’iy amal qilishingiz, har gal ko‘chadan kirishingiz bilan qo‘llaringizni issiq suvda yaxshilab sovunlab yuvishingiz kerak, keyin esa yuzlaringizni. Keyin esa qo‘lga tez-tez olinadigan boshqa ashyolar qatori, smartfoningizni ham dezinfeksiyalashingiz lozim, chunki aynan telefon ko‘plab mikrob va bakteriyalarning asosiy tashuvchisi hisoblanadi..

O‘QING: Olimlar koronavirus yuqqan smartfonni dezinfeksiyalash yo‘llarini aytishdi!

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, koronavirus naq to‘qqiz kungacha telefon korpusida jon saqlab qolishi mumkin ekan! Endi o‘ylab ko‘ring – shaxsan siz keyingi 9 kun mobaynida qayerlarda smartfonni olib yurdingiz, necha martalab jamoat joylarida uni cho‘ntakdan chiqardingiz...

Demak, ekspertlar antibakterial salfetka bilan smartfonni quyidagicha dezinfeksiya qilishni maslahat berishmoqda:

  1. Salfetkani yoyib, birinchi navbatda telefonning ekranini bir tekisda arting.
  2. Endi salfetkaning hozirgina ekranni tozalagan tomonini ichkarida qoldirib buklang va smartfoningizning orqa panelini hamda qirralarini yaxshilab tozalang.
  3. Ishlatilgan salfetkani tashlab, yangisini oling va yuqoridagi usulni yangidan takrorlang.

Mutaxassislar telefonlarni kuniga uch marta – ertalab ishxonangizga (yoki o‘qish joyingizga) yetib olgach, tushlikka chiqib kelganingizdan keyin hamda uyga qaytganingizdan so‘ng shu tariqa dezinfeksiyalashni tavsiya etishadi.

Shu o‘rinda ko‘pchilikni bitta savol qiziqtiradi: smartfonni spirtli ichimliklar, masalan – aroq yordamida ham tozalasa bo‘ladimi? Mutaxassislarga ko‘ra – bo‘laveradi, ammo bu virus va mikroblarni o‘ldirishga kamlik qiladi. Zero, bu parazitlarni o‘ldirish uchun tozalash vositasi tarkibida kamida 60 foiz spirt bo‘lishi kerak. Aroq esa odatda 40 foiz spirtdan iborat; shu boisdan bu kabi spirtli ichimliklar bilan namlangan salfetka yoki dastro‘mol yordamida artish yetarlicha natija bermaydi.

O‘QING: Endi siz ham koronavirus tufayli YouTube’da pul ishlab olishingiz mumkin!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!